Bogdan Vasile Xaushi (rumincha: Bogdan Hauşi; 1985-yil 29-sentyabr, Baya-mare, Ruminiya) - Ruminiyalik futbolchi, himoyachi.

Bogdan Xaushi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bogdan Hauşi
Tavallud sanasi 29-sentyabr 1985-yil
Tavallud joyi Baya-mare, Ruminiya
Boʻyi 1.89 m
Ampluasi Himoyachi
Vazni 85 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Erkin agent
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2009 Iskra-Stal 31 (8)
2010—2011 Goverla 28 (2)
2011—2012 Zimbru 14 (2)
2012—2013 Rapid 16 (2)
2013—2014 Tiraspol 38 (7)
2015 Buxoro 10 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tarjimai holi tahrir

Ruminiyaning „Baya-mare“ klubi tarkibida oʻz debyutini amalga oshirgan. 2008-yilning yozida Moldovaning „Iskra-Stal“ jamoasiga ko'chib o'tdi[1]. Moldova chempionatida 2008-yilning 2-iyulida „Olimpiya“ga qarshi o'yinda (1:1) debyut qildi[2]. 24-daqiqada Xaushi gol urdi va 33-daqiqada qizil kartochka oldi. 2008—09-yilgi mavsumda u jamoa bilan birgalikda faqat „Dacia“ va „Sherif“ klublaridan ortda qolgan holda Moldova chempionatining bronza medali sohibiga aylandi. 2009-yil iyul oyida u UEFA kubogi saralashida bolgariyaning „Cherno More“ klubiga qarshi 2 ta o'yin o'tkazdi[3]. Bogdan Xaushi Moldova chempionatida „Iskra-Stal“ jamosi safida jami 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 2 ta qizil kartochka oldi. 2009-yil oxirida u „Iskra-Stal“ni tark etdi[4]. 2010-yil fevral oyida „Goverla“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[5]. 2012-yilda Xaushi Moldovaning „Rapid“ jamoasida o'ynagan. 2013-yil fevral oyida „Tiraspol“ futbol klubiga o'tgan[6]. Bogdan Xaushi 2015-yil 9-martda Aleksandr Mochinov boshchiligidagi „Buxoro“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[7]. Ruminiyalik futbolchi Buxoroliklar safida 23-raqamda harakat qilgan. 2015-yilda Oʻzbekiston Oliy ligasi doirasida boʻlib oʻtgan Muborakning „Mashʻal“ klubiga qarshi bahsda Xaushi raqib darvozasini ishgʻol qilgan[8]. 2015-yil yakunlariga koʻra mazkur futbolchi klub safida 10 ta oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 1 ta toʻp kiritgan, 4 ta sariq va 1 ta qizil kartochka olgan[9]. Futbolchi 2021-yilda oʻz faoliyatini yakunlashini eʻlon qilgan[10].

Professional Faoliyati tahrir

Yillar Jamoa Oʻtkazilgan oʻyinlar soni Gollar soni
2008—2009 Iskra-Stal 31 8
2010—2011 Goverla 28 2
2011—2012 Zimbru 14 2
2012—2013 Rapid 16 2
2013—2014 Tiraspol 38 7
2015 Buxoro 10 1

Yutuqlari tahrir

„Iskra-Stal“ klubi tarkibida
  • Moldova chempionatining bronza medali sohibi: 2008—09
„Tiraspol“ klubi tarkibida
  • Moldova kubogi sohibi: 2013-yil

Manbalar tahrir

  1. „«Шериф» пополнился бразильцем, а «Искра-Сталь» — румынами“ (ru). moldova.sports.md (2008-yil 2-iyul). 2012-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-fevral.
  2. „Протокол матча“ (ru). moldova.sports.md. 2012-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-fevral.
  3. „Протоколы матчей“ (ru). Чемпионат.ру. 2012-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-fevral.
  4. „«Искру-Сталь» покинули Романюк и Хауши“ (ru). moldova.sports.md (2009-yil 29-dekabr). 2012-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-fevral.
  5. „«Закарпатье»: шестеро новичков подписали контракты“ (uk). Football.ua (2010-yil 12-fevral). 2012-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-fevral.
  6. „Богдан Хауши сменил "Рапид" на ФК "Тирасполь"“ (Русский) (2013-yil 12-fevral). Qaraldi: 2013-yil 28-may.
  7. „Bogdan Xaushi "Buxoro" bilan shartnoma tuzdi“ (2015-yil 10-mart). Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
  8. „Prevyu. "Buxoro" - "Mashal"“ (2016-yil 25-iyul). Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
  9. „Oliy liga-2015 yakunlari. "Buxoro" haqida“ (12.17.2015). Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
  10. „Bogdan Hausi“. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.