Bojxona brokeri
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bojxona brokeri — Oʻzini vakil qilgan shaxs hisobidan va uning topshirigʻiga binoan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni oʻz nomidan oʻtkazuvchi xamda bojxona ishi sohasida boshqa vositachilik vazifalarini bajaruvchi OʻzRning yuridik shaxsi. Bojxona brokeri bilan uni vakil qilgan shaxsning oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi. Bojxona brokerining bojxona organlari oldidagi huquqlari va majburiyatlari uni vakil qilgan shaxs bilan tuzilgan shartnomada cheklab qoʻyilishi mumkin emas. Yuridik shaxs Bojxona brokeri sifatida faoliyat olib borish uchun xodimlar shtatida bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisga ega boʻlishi hamda OʻzR BK 100 — moddasi ikkinchi kismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan xollarda fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash haqida shartnoma tuzishi shart. Yuridik shaxslarning Bojxona brokeri sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi OʻzR Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi