Bojxona chegarasi — muayyan davlatning bojxona hududini cheklovchi shartli chiziq . Bojxona chegarasi — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududining chegarasi, Bojxona chegarasi — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonun hujjatlari amal qiladigan makon chegarasi. Bojxona chegarasi qoʻshni mamlakatlarning bojxona hududini ajratib turadi. Oʻzbekistonning bojxona suvereniteti amal qiladigan hududni belgilab beradi. Oʻzbekiston Respublikasi BKning 3-moddasiga muvofiq, bojxona hududi sarhadlari, shuningdek erkin bojxona zonalari va erkin omborlarning tegralari Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona chegarasi hisoblanadi . Bojxona huquqida tashqi va ichki Bojxona chegarasi tushunchalari farqlanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi