Bojxona hududi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bojxona hududi — davlatning bojxona huquqi toʻliq amal qiladigan hudud. Odatda, davlatning Bojxona hududi uning quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari, ular ustidagi havo boʻshligʻini oʻz ichiga oluvchi milliy hududga mos tushadi. Biroq, milliy hududning belgilangan qismlari istisno qilinishi mumkin, masalan, erkin bojxona zonalari yoki qirgʻoq chizigʻi bilan dengizdagi davlat chegarasi orasidagi suvlar. Milliy hududning istisno qilingan hismlari „bojxona anklavlari“ deb yuritiladi. Xalqaro bitimlar bilan davlatning Bojxona hududi boshqa davlatning bojxona anklavini oʻz ichiga olishi mumkin. OʻzR BKning 3-moddasiga muvofiq, OʻzRning quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo boʻshligʻi Bojxona hududini tashkil etadi. OʻzR hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar boʻlishi mumkin, ularning hududlari, agar qonun xujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, OʻzR Bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi