Bojxona rasmiylashtiruvi — tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini taʼminlash maqsadida bojxona organlarining mansabdor shaxslari amalga oshiradigan operatsiyalar majmui (OʻzR BKning 7-moddasi). Bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organi faoliyat koʻrsatadigan zonadagi shu maqsad uchun ajratilgan, tovarlarni joʻnatuvchi yoki oluvchi yoxud ularning tarkibiy boʻlinmasi joylashgan yerlarda bojxona organining ish vaqtida amalga oshiriladi. Manfaatdor shaxsning yozma iltimosnomasiga binoan uning xisobidan va bojxona organining roziligi bilan Bojxona rasmiylashtiruvi boshqa joylarda va bojxona organining ish vaqtidan tashqari vaqtda amalga oshirilishi mumkin[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi