Bojxona rejimi — OʻzR bojxona chegarasi orqali bojxona maqsadlarida olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalarining maqomini belgilovchi qoidalar majmui (OʻzR BKning 7-moddasi). OʻzR BKning 16-moddasiga muvofiq, tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish ularning Bojxona rejimlariga muvofiq amalga oshiriladi. Quyidagi turdagi Bojxona rejimlari belgilanadi: erkin muomalaga chiqarish (import); reimport; eksport; reeksport: tranzit; vaqtincha olib kirish (olib chiqish); vaqtincha saqlash; bojxona ombori; erkin bojxona zonasi; erkin ombor; boj olinmaydigan savdo doʻkoni; bojxona xududida qayta ishlash; bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash, yoʻq qilish; davlat foydasiga voz kechish. Shaxs, agar qonun xujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlar va transport vositalarining xususiyati, miqdori, qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgani yoki qaysi maqsadga moʻljallanganligidan qatʼi nazar, istalgan rejimni tanlashga yoki uni boshqasiga oʻzgartirishga xaqli. Bojxona rejimlarining qoʻllanish tartibi OʻzR Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi