Bojxona siyosati
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bojxona siyosati — bojxona tizimi orqali amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi yoʻnalishlar va choralar majmui. OʻzRda OʻzR ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi hisoblanuvchi yagona bojxona siyosati amalga oshiriladi. Bojxona siyosatining asosiy maqsadlari OʻzR bojxona hududida samarali bojxona nazoratini hamda tovar ayirboshlashni tartibga solishni taʼminlashdan, iqtisodiyotning rivojlanishini ragʻbatlantirishdan, ichki bozorni himoyalashdan iborat[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi