Bokuning Binogadin tumanidagi bino yongʻini (2015)
Yongʻin 2015-yilning 19-may kuni ertalab soat 10da Ozarbayjon poytaxti Bokuning Binogadin tumanidagi Ozodlik shoh koʻchasida joylashgan 16 qavatli turar joy binosida sodir boʻldi. Ushbu yongʻin oqibatida 15 kishi halok boʻldi.[1] Ulardan besh nafari bolalardir. Yana 63 kishi esa har xil turdagi va ogʻirlikdagi kuyish, jarohat va tutundan zaharlanish oqibatida zarar koʻrdi. Halok boʻlganlar asosan tutundan nafas ololmay halok boʻlishgan.[2].
Yongʻin kelib chiqishi sabablari deb, qurilishda ishlatilgan sifatsiz va tez yonuvchi xomashyolar sabab boʻlgani taʼkidlandi. Yongʻinni faqat 4 soatdan soʻnggina oʻchirishga muvaffaq boʻlindi. Yongʻin oqibatida koʻp qavatli bino butunlay yonib ketgan. Ushbu yongʻin Bokudagi eng yirik noxushlik sifatida tan olindi.[3].