Bola huquqlarining kafolatlari — bola huquqlari amalga oshirilishining Oʻzbekiston Respublikasi Kons.si va b. Qonun hujjatlarida mustahkamlab quyilgan kafolatlari. OʻzR qoʻshilgan ilk xalqaro shartnomalardan biri Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 y. 9 dekabrdagi 757 — XII — son qarori) asosida „Bola huquqlarning kafolatlari toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonini qabul qilingan boʻlib, unga koʻra, bola huquqlarining asosiy kafolatlari quyidagilardan iborat: bola huquqlarining qonuniy kafolatlari (7—m.); bolaning yashash huquqi kafolatlari (8-m.); bolaning individuallikka va uni saqlab qolishga boʻlgan huquqi kafolatlari (9-m.); bolaning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlari (10-m.); bolaning himoyaga boʻlgan huquqi kafolatlari (11-m.); bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash (12-m.); bolaning oilaviy muhitga boʻlgan huquqi kafolatlari (13-m.); bolaning gʻayriqonuniy koʻchirilishdan himoyalanish huquqi kafolatlari (14-m.); bolaning oʻz fikrini ifoda etish huquqi kafolatlari (15-m.); bolaning axborot olish huquqi kafolatlari (16-m.); bolaning fikrlash, soʻz, vijdon va eʼtiqod erkinligi huquqi kafolatlari (17-m.); bolaning xususiy mulkka boʻlgan huquqi kafolatlari (18-m.); bolaning turar joyga boʻlgan huquqlari kafolatlari (19-m.); bolaning mehnat qilish huquqi kafolatlari (20-m.); bolaning dam olish va boʻsh vaqtga boʻlgan huquqi kafolatlari (21-m.); bolaning sogʻligini saqlash huquqi kafolatlari (22-m.); bolaning bilim olish huquqi kafolatlari (23-m.). Shuningdek, mazkur Qonunning 3-bobida ijtimoiy himoyaga muxtoj bolalar huquqlarining qoʻshimcha kafolatlari belgilangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi