Bola ikki yoshqa to'lguncha beriladigan nafaqa
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bola ikki yoshqa toʻlguncha beriladigan nafaqa — bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarishlash uchun har oylik nafaqa tugʻilgan, farzandlikka yoki vasiylikka olingan bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarishlayotgan shaxslarga, yaʼni onaga, otaga, farzandlikka olgan shaxsga, vasiyga yoki boshqa qarindoshlarga tayinlanadi va toʻlanadi. Ishlayotgan (ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiyotgan, xizmatni oʻtayotgan) onalarga (ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga) bolani parvarish qilish boʻyicha nafaqa ish (oʻqish, xizmat) joyidan tayinlanadi. Nafaqa tayinlash uchun tashkilot maʼmuriyatining qarori asos boʻlib hisoblanadi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi