Yasli-bogʻcha — Oʻzbekistonda uzluksiz taʼlim tizimining maktabgacha taʼlim boʻgʻinidagi 2 oylikdan 6 (7) yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalash maskani. Yasli-bogʻchalarda bolalarning jismoniy, ruhiy, aqdiy, axloqiy va estetik rivojlanishi uchun lozim boʻlgan sharoit yaratiladi, shuningdek ularda mehnat qilish koʻnikmalari, xotira va tafakkur unsurlari shakllantirib boriladi.