Bolaning mehnat qilish huquqi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bolaning mehnat qilish huquqi — "Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida "gi OʻzR Qonunining 20-m.siga koʻra, har bir bola oʻzining yoshi, sogʻligining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turini va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega. Ishga qabul qilishga oʻn olti yoshdan yoʻl quyiladi. Oʻn besh yoshga toʻlgan shaxslar ota — onasidan birining yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining oʻquvchilarini ularning sogʻligiga va rivojlanishiga ziyon yetkazmaydigan, taʼlim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni oʻqishdan boʻsh vaqtlarida bajarish uchun ular oʻn toʻrt yoshga toʻlganlaridan keyin ota onasidan birining yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yoʻl quyiladi. Bolalar mehnatidagi imtiyozlar OʻzR MK, " Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida " gi Qonunida va koʻplab qonunosti hujjatlarda belgilangan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi