Bolaning nasl-nasabini belgilash
Bolaning nasl-nasabini belgilash – ota-ona va bolalarning bir-biriga nisbatan huquq va majburiyatlari bolaning nasl-nasabiga qarab belgilanadi. Ota-ona va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlarning kelib chiqishiga asos boʻlib, bolaning otadan paydo boʻlganligi va onadan tugʻilganlik yuridik fakti qonun bilan belgilangan tartibda boʻlishi lozim. OʻzR OKning 60-m.siga binoan, bolaning shu onadan tugʻilganligi (onalik) Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organi tomonidan, bola tibbiy muassasaning xujjatlariga asosan, agar bola tibbiy muassasada tugʻilmagan holda boshqa dalillarga asosan belgilanadi. Agar bola tibbiy muassasadan tashkari joyda tugʻilgan boʻlsa, u holda bu yuridik fakt guvohlar koʻrgazmalari va b. dalillar bilan belgilanadi. Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining vafoti, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan soʻng uch yuz kun ichida tugʻilgan bolasi nikohda tugʻilgan bola hisoblanadi. Bola bilan onasi oʻrtasida huquqiy munosabat uning qonuniy nikohda boʻlgan yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar tugʻilish faktiga asoslanadi. Bolaning otadan bunyod boʻlganligini belgilash anchagina murakkab. Agar bola qayd etilgan nikohda tugʻilgan boʻlsa, onasi bilan nikohda boʻlgan shaxs uning otasi degan ehtimolga asoslaniladi. Bu shaxsning otaligi ehtimollikka asoslanib, ushbu faktni isbotlash shart emas. FXDYo organi tomonidan berilgan bolaning tugilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma unda koʻrsatilgan ota-onadan bolaning paydo boʻlganligini isbotlovchi xujjat boʻlib hisoblanadi. Agar nikoh tugagandan keyin uch yuz kun ichida tugʻilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan boʻlsa, bola yangi nikohda tugʻilgan boʻlib hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki uning ota-onasi bolaning nasl-nasabi hususida nizolashish huquqiga ega[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |