Bolchuv
Bolchuv qalʻasi (polyakcha: Zamek Bolczów, nemischa: Bolzenschloss, Bolzenstein ) — Quyi Sileziyaning oʻrta asr ritsarlik meʼmorchiligi yodgorliklaridan biri.
Qalʻa Gʻarbiy Sudetning sharqiy qismida, Polshaning Quyi Sileziya voevodeligining Elenegur tumanidagi Janovitse Velkie kommunasida (dengiz sathidan 561 m balandlikda) granit tosh ustida joylashgan. U 1375-yilda qurilgan. XV asrning birinchi yarmida Gusitlar bilan jangda vayron qilingan, XVIasrda qayta tiklangan va kengaytirilgan. 1645-yilda, Oʻttiz yillik urush paytida, shvedlar Bolchovni egallab olishdi, keyin esa chekinish paytida uni yoqib yuborishdi. Oʻshandan beri qalʻa xaroba boʻlib qolgan.
Havolalar
tahrir- Zamek Bolchov(pol.) )