Boliviyada davlat toʻntarishiga urinish
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
2024-yil 26-iyun kuni Boliviya armiyasi qoʻmondoni general Juan Jose Zúñiga davlat toʻntarishiga urinib, mamlakatning maʼmuriy poytaxti La-Pasdagi Murillo maydonini egallab olish va prezidentlik qarorgohi boʻlgan Casa Grande del Puebloga bostirib kirish uchun qoʻshin yubordi. Bir kun oldin prezident Luis Arce uni sobiq prezident Evo Moralesga tahdid qilgani uchun lavozimidan ozod qilishni buyurgandi.
Boliviyada davlat toʻntarishiga urinish | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Boliviya hukumati
|
Boliviya Qurolli Kuchlari Boliviya armiyasi Boliviya dengiz kuchlari Boliviya havo kuchlari[2][3] | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Luis Arce | Juan José Zúñiga |
Arce davom etayotgan davlat toʻntarishi haqidagi xavotirlarini bildirdi. Toʻntarishga qarshi namoyishchilar koʻchalarga chiqdi. Boliviya ishchilar markazi, mamlakatning eng yirik kasaba uyushmalari federatsiyasi umumiy ish tashlash eʼlon qildi.
Davlat toʻntarishiga urinish Arcening prezidentlik saroyida shaxsan Zúñiga bilan toʻqnash kelganidan keyin tugadi. Zúñiga, Harbiy havo kuchlari va dengiz floti boshliqlari darhol ishdan boʻshatildi va yangi armiya qoʻmondoni José Wilson Sánchez qoʻshinlarni kazarmalariga qaytarishni buyurdi. Davlat toʻntarishiga urinish xalqaro miqyosda keng koʻlamda qoralandi[4].
Jarayon
tahrir25-iyun kuni davlat toʻntarishidan bir kun oldin armiya qoʻmondoni general Juan Jose Zúñiga Senat prezidenti Androniko Rodriges va senator Leonardo Loza bilan birga sobiq prezident Evo Morales haqida bergan bayonotlari va tahdidlari tufayli lavozimidan ozod etilgan[5].
Harbiy harakatlar
tahrirBoliviya televideniyesi hukumat saroyi oldidagi Plaza Murilloda ikkita tank va bir qancha harbiylar tasvirlangan videoni namoyish qildi[6]. ABI davlat media agentligining xabar berishicha, safarbarlik taxminan 14:30 BOTda boshlangan[7]. Boliviya armiyasi bosh qoʻmondoni Juan Jose Zúñiga maydonda boʻlib, mahalliy telekanalda quyidagicha bayonot bergan: „Qurolli kuchlarning uchta boshligʻi bizning xavotirimizni bildirish uchun kelishdi. Albatta, yangi vazirlar mahkamasi boʻladi. narsalar oʻzgaradi, lekin bizning mamlakatimiz bunday davom eta olmaydi“[8][9].
BBC xabarlariga koʻra, prezident saroyi darvozasi zirhli mashina bilan urilib, askarlar binoning ichki qismiga bostirib kirgan. El Deber gazetasining xabar berishicha, Zúñiga jurnalistlarga „Biz bu vatanni tiklaymiz“ va „Yangi vazirlar mahkamasi boʻladi, albatta hamma narsa oʻzgaradi, ammo bizning mamlakatimiz bundan buyon bunday davom eta olmaydi“ deb bayonot bergan[10]. Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Moralesning taʼkidlashicha, Méndez Arcos Challapata maxsus polkining bir guruhi snayperlar yordamida Plaza Murilloni egallab olgan[10].
Televediniyada namoyish etilgan videoda Arcening prezident saroyi koridorida Zúñiga bilan yuzma-yuz boʻlib, unga: „Men sizning kapitaningizman, askarlaringizni olib chiqishingizni buyuraman va bu boʻysunmaslikka yoʻl qoʻymayman“, degani aks etgan[11].
Bir guruh namoyishchilar Plaza Murilloga olib boruvchi koʻchalarni oʻrab olib, Arce hukumati i yoqlab hayqirishdi. Harbiylar tartibsizliklarni nazorat qilish uchun gaz ishlatgan[12].
Oqibati
tahrir26-iyun kuni kechqurun Boliviya politsiyasi Zúñigani hibsga oldi[6]. Boliviya davlat prokuraturasi davlat toʻntarishiga uringanlarni jinoiy tergov qilishini maʼlum qildi[13].
Hibsga olinganidan soʻng, Zúñiga 23-iyun kuni Luis Arce bilan uchrashganini va goʻyoki toʻntarishga urinish uchun koʻchaga tanklarni olib chiqishni buyurganini aytdi. "Mashhurligini oshirish uchun nimadir tayyorlash kerak ekanini qoʻshimcha qilgan[14][15].
Bayonotlardan soʻng, sobiq qoʻmondon Zúñiga La-Pasdagi Jinoyatga qarshi kurash maxsus kuchlari (FELCC) idoralariga olib ketilgan. Keyinchalik, Zúñiga Boliviya matbuotiga „jinoyatchi“ sifatida taqdim etilgan[16].
Qurolli kuchlarning sobiq general qoʻmondoni, vitse-admiral Juan Arnez Salvador ham hibsga olingan. Zúñiga va Salvador qurolli qoʻzgʻolon, prezidentga hujum qilish, jamoat mulkini yoʻq qilish va boshqa turli jinoyatlarda ayblangan[17].
Reaksiyalar
tahrirPrezident Luis Arce ommaviy bayonotida „demokratiyani hurmat qilishga“ chaqirdi.
Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Morales poytaxt saroyi oldida joylashgan Murillo maydonidagi harbiy harakatni qoralab, ommaviy bayonot berdi[6]. U harbiy general Juan Jose Zúñigani fuqarolarni qoʻrqitish va demokratiyani buzish orqali davlat toʻntarishiga urinishda aybladi va umumiy ish tashlash eʼlon qilganda yoʻllarni toʻsib qoʻyishni tavsiya qildi[18].
Prezidentlik vaziri Mariya Nela Prada jamoat maydonidagi safarbarlikni „davlat toʻntarishiga urinish“ deb atadi va mahalliy Red Uno de Bolivia telekanalida „xalq demokratiyani himoya qilish uchun tayyorligini“ bildirdi[19].
Amerika Davlatlari Tashkiloti Bosh kotibi Luis Almagro Boliviya armiyasining harakatlarini qoralab, Arce hukumati bilan birdamligini bildirdi. Boliviya senatori, sobiq prezident Evo Morales davrida adliya vaziri boʻlib ishlagan Virjiniya Velasko Kondori Boliviya Qonunchilik Assambleyasi oldida jurnalistlar bilan suhbatda toʻntarish tashabbusi ortida Evo Morales turganini daʼvo qildi[12].
Manbalar
tahrir- ↑ „COB denuncia "asalto a la democracia" y anuncia huelga indefinida“ (es). Opinión.
- ↑ Ramos, Daniel. „Bolivia armed forces mobilize in La Paz as coup fears rise“. Reuters (2024-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 26-iyun.
- ↑ „Coup attempt in Bolivia fails as president urges people to mobilize against democracy threat“ (en). Associated Press (2024-yil 26-iyun). 2024-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-iyun.
- ↑ Rochabrun. „Army Storms Bolivia’s Presidential Palace in Coup Attempt“. Bloomberg News (2024-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 26-iyun.
- ↑ „Reportan que el comandante del Ejército, Juan José Zúñiga, fue relevado de su cargo, tras polémicas declaraciones“. Visión 360.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „Bolivian president reports 'irregular' military movement in capital, raising fears of coup“ (en-us). PBS News (2024-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 26-iyun.
- ↑ Alvarado. „Bolivia’s president denounces ‘irregular mobilization’ of military“ (en). CNN (2024-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 26-iyun.
- ↑ Ramos, Daniel. „Bolivia armed forces mobilize in La Paz as coup fears rise“. Reuters (2024-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 26-iyun.
- ↑ „Bolivian president warns 'irregular' military deployment under way in capital, raising coup fears“ (en). AP News (2024-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 26-iyun.
- ↑ 10,0 10,1 Vock. „Bolivian president warns army after soldiers seen in capital“ (en-GB). www.bbc.com. Qaraldi: 2024-yil 26-iyun.
- ↑ „Coup fears raised in Bolivia as armoured vehicle seen ramming into presidential palace“ (en). Sky News. Qaraldi: 2024-yil 26-iyun.
- ↑ 12,0 12,1 Bernal, Rafael. „Apparent coup attempt underway in Bolivia as troops block government palace“. The Hill (2024-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 26-iyun.
- ↑ „Bolivian president thanks people after facing down failed coup attempt“. Al Jazeera (2024-yil 26-iyun). 2024-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-iyun.
- ↑ „Antes de ser detenido, Juan José Zúñiga sugirió que se trató de un 'autogolpe': "El domingo me reuní con Arce"“ (es-ES). infobae (2024-yil 26-iyun). 2024-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-iyun.
- ↑ „"Arce me ordenó sacar los blindados para levantar su popularidad", acusa el general Zúñiga tras ser detenido por el intento de golpe de Estado en Bolivia“. Latinus (2024-yil 26-iyun). 2024-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-iyun.
- ↑ „Del Castillo presenta a Zúñiga en la FELCC, lo llamó "delincuente"“ (es). El País Tarija. Qaraldi: 2024-yil 27-iyun.
- ↑ Univisión. „Arrestan al exlíder militar que encabezó un aparente golpe de Estado en Bolivia“ (2023-yil 26-iyun). Qaraldi: 2023-yil 27-iyun.
- ↑ Ramos, Daniel. „Bolivia armed forces mobilize in La Paz as coup fears rise“. Reuters (2024-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 26-iyun.
- ↑ „Bolivian president warns 'irregular' military deployment under way in capital, raising coup fears“ (en). AP News (2024-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 26-iyun.