BonuOʻzbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo qalamiga mansub roman. Ilk marotaba 2016-yilda chop etilgan. So'nggi marta esa 2022-yil Factory Books nashriyoti tomonidan 288 betli yumshoq muqovada Kirill Alifbosida chop etildi. Asosiy eʼtibor undagi ayol obraziga qaratilgan va bugungi oʻzbek ayollari bilan asar qahramonlari solishtirilgan. Adabiyotshunos Ibrohim Gʻofurovning aytishicha, roman koʻp fojiali damlar, fojiali shoʻrishlar, ayriliqlar, xiyonatlar, sharmandaliklar, razolatlarni oʻz boshidan kechirgan Bonu ismli goʻzal qiz – muallimaning tilidan maktublar, kundaliklar xotiralar usulida bitilgan[1].

Bundan tashqari asarda shunday parchani oʻqishimiz mumkin: „Tanangda ogʻriq his qilyapsanmi, demak sen tirik jonsan, Oʻzgalar ogʻrigʻini his qilyapsanmi, demak insonsan, insonsan“. Bundan kelib chiqadiki, yozuvchi asarni oʻqish jarayonida kitobxonning oʻzgalar boshidan oʻtgan qiyinchiliklarni his qilishini hamda inson boʻlishini xohlaydi.

Muallifi

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Iqbol Mirzoning “Bonu” nomli romani nashr etildi“ (2018-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 18-aprel.