Boqijon Muxamedsaidov
Boqijon Karimovich Muxamedsaidov (1941-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari nomzodi, professor.
Boqijon Muxamedsaidov | |
---|---|
Tavalludi |
1941-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti |
Taʼlimi | Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari nomzodi |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirBoqijon Muxamedsaidov 1941-yil Toshkentda tugʻilgan. 1965-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining umumtexnika fanlari va mehnat taʼlimi fakultetini bitirgan[1]. 1965—1969-yillarda shu institutning „Umumtexnika fanlar“ kafedrasida oʻqituvchi, keyinchalik katta oʻqituvchi, 1969—1970-yillarda Moskva davlat mashinashunoslik institutida stajyor-tadqiqotchi, 1971—1974-yillarda institutning aspiranti, 1974—1979-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining „Umumtexnika fanlari“ kafedrasida katta oʻqituvchi, 1976—1979-yillarda fakultet dekanining oʻquv ishlari boʻyicha muovini, 1979—1995-yillarda „Umumtexnika fanlari“ kafedrasiga mudiri, 1995—2002-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti „Texnika fanlari“ kafedrasi dotsenti, 2002—2011-yillarda shu kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan[1]. 2011-yildan hozigi vaqtgacha „Professional taʼlim metodikasi“ kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. I daraja „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni sohibi (2022)[2].
Ilmiy faoliyati
tahrir1 ta monografiya, 4 ta darslik, 6 ta elektron darslik muallifi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.
- ↑ „"NURONIYLAR" JAMG‘ARMASI VASIYLIK KENGASHI QARORI BILAN "MEHNAT FAXRIYSI" KO‘KRAK NISHONLARI BILAN NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETINING QUYIDAGI FAHRIY PROFESSORLARI TAQDIRLANDILAR“.