Boqijon Toʻxliyev
Boqijon Toʻqliyev — (1954, Tojikiston) adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1992), professor.
Olim 1954-yilda Tojikiston Respublikasi Leninobod (hozirgi Soʻgʻd) viloyati, Asht tumani, Oʻzbek oqjar qishlogʻida tugʻilgan. Xoʻjand davlat pedagogika instituti(hozirgi Xoʻjand davlat universiteti)ni tugatgan (1974).
Faoliyati
tahrirOʻrta maktabda oʻqituvchi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoʻlyozmalar, Til va dabiyot institutlari, Tarix muzeyida ilmiy xodim, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida oʻqituvchi, oʻzbek tili va adabiyoti oʻqitish metodikasi kafedrasining mudiri (1989 yildan).
Asarlari
tahrirUning „Oʻzbek tilini oʻrganamiz“ rasmli lugʻati (hammuallif, 1990), „Yusuf Xos Hojib va uning „Qutadgʻu Bilig“ asari“ (1994), „Bilim ezgulik yoʻli“ (1992), „Qutadgʻu bilig“ asarining poetikasi" (2004), „Oʻzbek tili oʻqitish metodikasi“ (hammuallif, 2010), „Oʻzbek tili“ (hammuallif, 2010), „Adabiyot oʻqitish metodikasi“ (2010), „Yusuf Xos Hojib va turkiy xalqlar folklori“ (2010) kitoblari chop etilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 401-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |