Boris Viktorovich Klimov (1932-yilda tugʻilgan) – Sovet Ittifoqida tugʻilgan sobiq professional futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan.

Boris Viktorovich Klimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Boris Viktorovich Klimov
Tavallud sanasi 1932-yil
Tavallud joyi SSSR
Vafot sanasi nomaʼlum
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1957 Kolxozchi 20 (0)
1958—1960 Paxtakor 65 (0)
1962 Paxtakor 6 (0)
1963 Politodel 20 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiya

tahrir

Boris darvozabon sifatida futbol oʻynagan. Faoliyatini 1957-yilda SSSR chempionatining „B“ toifasida ishtirok etgan Ashxobodning „Kolxozchi“ jamoasi tarkibida boshlagan. Dastlabki mavsumida 20 ta oʻyinda ishtirok etib, 30 ta gol oʻtkazib yuborgan[1][2].

1958-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. 1958-yilgi mavsumda Boris B toifasidagi ligada 19 ta oʻyinda ishtirok etib 5 ta gol oʻtkazib yuborgan. 1959-yilgi mavsumda ham 19 ta oʻyinda ishtirok etgan, ammo bu mavsymda avvalgi mavsumga nisbatan koʻproq, 29 ta gol oʻtkazib yuborgan.

„Paxtakor“ jamoasining SSSR chempionatining „A“ toifasida ishtirok etgan 1960-yilgi mavsumida 27 ta oʻyin oʻtkazib, 31 ta gol oʻtkazib yuborgan. Mavsum davomida uchta penaltini qaytarishga erishgan: Moskvaning „Dinamo“ jamoasi futbolchisi Aleksandr Sokolov, „Xarkov Avangard“ jamoasi futbolchisi Nikolay va „Qayrat“ jamoasi futbolchisi Leonid Ostroushko tepgan penaltilarni qaytarishga erishgan[3]. 1961-yilgi mavsumdagi ishtiroki haqida maʼlumotlar yoʻq. 1962-yilgi mavsumda „B“ toifasidagi ligada „Paxtakor“ safida 6 ta oʻyinda ishtirok etib 8 ta gol oʻtkazib yuborgan.

1963-yilda Toshkentning „Politotdel“ jamoasida ham B toifasidagi ligada 20 oʻyinda ishtirok etib 14 ta gol oʻtkazib yuborgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Климов Борис Викторович“. footballfacts.ru. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  2. „Климов Борис Викторович | Sport-strana.ru“ (ru-RU) (2021-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  3. 6 avgusta 1971 g. TsSKA – „Paxtakor“ (Tashkent): programma k matchu. – M.: Izdatelsko-poligraficheskoe predpriyatie MGS „Dinamo“.

Havolalar

tahrir