Boris Aleksandrovich Kupriyanov (1972-yil 25-sentyabr kuni Moskvada tavallud topgan) – rossiyalik publitsist, Moskvadagi „Falanster“ kitob doʻkoni hammuassislari aʼzosi, Xalqaro Moskva ochiq kitob festivali dastur direktori, Xalqaro yarmarka ekspertlar kengashi aʼzosi.

Boris Kupriyanov
Tavalludi 25-sentyabr 1972-yil (51 yosh)
Kasbi noshir, yozuvchi
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Mukofotlari
Bolalari Varvara, Stepen, Kseniya

Tarjimai holi tahrir

Boris Kupriyanov 1972-yil 25-sentyar kuni Moskvada tavallud topgan. 1995-yilda Moskva aviatsiya institutining aviatsiya radioelektronika fakultetini tamomlagan. 1999-yilda Gileya kitob doʻkonida sotuvchi boʻlib faoliyat olib borgan[1][2]. 2002-yilda Falanster kitob doʻkonining hamkor muassislaridan biriga aylangan. Doʻkon kooperativ, uning barcha xodimlari teng lavozimda faoliyat olib boradi yaʼni direktor lavozimi yoʻq[3][4]. Lekin, Boris Kupriyanov tez-tez ommaviy axborot vositalarida doʻkon direktori sifatida faoliyat koʻrsatgan[5][6]. Boris Kupriyanov, shuningdek, Winzavod zamonaviy sanʼat markazidagi Falanster doʻkoni va „Garaj“ zamonaviy madaniyat markazidagi intellektual adabiyotlar doʻkoni tashkilotchisi ham boʻlgan.

Mukofotlari tahrir

Rossiya Federatsiyasi Hukumati ommaviy axborot vositalari sohasidagi 2019-yil uchun 1 million rubl miqdoridagi mukofoti – „Gorkiy“ onlayn-nashrini yaratish va targʻib qilish, „adabiy Internetni shakllantirishdagi faol ish“, ommalashtirish uchun. Mahalliy adabiyot va kitobxonlikni targʻib qilganligi bilan mukofotlangan.

Manbalar tahrir

  1. Kupriyanov Boris Aleksandrovich (sayt natsionalnoy literaturnoy premii „Bolshaya kniga“)
  2. Istoriya uspexa Borisa Kupriyanova (efir radiostansii „Finam FM“ ot 10 dekabrya 2009)
  3. "Manifest magazina „Falanster“". 29-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-dekabr 2010-yil.
  4. "Mi ne ponimaem, pochemu prosvetitelskie zadachi yavlyayutsya opasnimi" („Kommersantʼ“, № 18, 12 maya 2008)
  5. M. Shiyanov. Ne fiksiya („Vremya novostey“, № 224, 7 dekabrya 2010)
  6. Nezavisimoe izdatelstvo i nezavisimie magazini („Exo Moskvi“, efir peredachi „Knijnoe kazino“, 18 aprelya 2010)