Boris Mezensev
Boris Sergeyevich Mezensev (1911-yil 8-noyabr, Tula – 1970-yil 18-noyabr, Moskva, RSFSR, SSSR) – sovet meʼmori. RSFSRda xizmat koʻrsatgan meʼmor (1969). Lenin mukofoti (1972-yil vafotidan keyin) va ikkinchi darajali Stalin mukofoti (1949) laureati. KPSS(b) aʼzosi (1940).
Boris Sergeyevich Mezensev | |
---|---|
Tavalludi |
8-avgust 1911-yil |
Vafoti |
18-noyabr 1970-yil (59 yoshda) Moskva, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Taʼlimi | Moskva arxitektura instituti |
Kasbi | arxitektor |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirBoris Sergeyevich Mezensev 1911-yil 8-noyabrda Tula shahrida tugʻilgan. 1929—1935-yillarda Moskva arxitektura institutida oʻqigan. Institutni tamomlagach u yerda dars bera boshlagan. 1969-yilda professorlik darajasini olgan.
Boris Sergeyevich Mezensev 1970-yil 18-noyabrda vafot etgan. U Moskvadagi Novodevichiy qabristonida dafn etilgan (hudud № 7).
Mukofot va sovrinlari
tahrir- Lenin mukofoti (1972, vafotidan keyin) – Ulyanovskdagi Lenin memorialining meʼmoriy dizayni uchun.
- Ikkinchi darajali Stalin mukofoti (1949) – Moskvadagi Qizil maydonda transport qurilishi vazirligining koʻp qavatli binosining meʼmoriy dizayni uchun.
- RSFSRda xizmat koʻrsatgan meʼmor (1969).
- ikkita Mehnat Qizil Bayroq ordeni va bir qator medallar.
Mehnat faoliyati
tahrirUrushdan keyingi birinchi yillarda Mezensev urush natijasida vayron boʻlgan shaharlarni tiklash ishlariga jalb qilingan. Uning loyihalariga asosida Smolensk, Xarkov, Vitebsk, Borodino, Yartsevoda temir yoʻl stansiyalari qurilgan (1946—1951). U Moskva shahridagi Qizil maydonda transport qurilishi vazirligining koʻp qavatli binosining meʼmoriy dizaynini (1949—1953, A. N. Dushkin bilan birgalikda) loyihalashtirgan. 1949-yilda Mezensevga SSSR Davlat mukofoti topshirilgan. Bundan tashqari, Moskvada, Mezensev loyihalariga koʻra, Ogʻir atletika saroyi, Fanlar akademiyasi binosi va Petrovka 38 (1952—1959) maʼmuriy binosi qurilgan. 1951-yildan u Moskvaning yangi janubi-gʻarbiy tumanini loyihalashtirgan Mosproyekt institutining ustaxonasini boshqargan (1954-1961)[1].
1964-yilda Turar-joy va jamoat binolari markaziy ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti (TSNIIEP) tashkil etilganda, Mezensev uning birinchi rektori va ijodiy rahbari boʻlgan. Janubi-gʻarbiy mintaqani, shuningdek, Perm, Toshkent (1965—1968) va Tomsk markazlarini loyihalashda toʻplangan tajribaga asoslanib, Mezensev yangi shaharsozlik konsepsiyalarini ishlab chiqqan. Ushbu ishi uchun unga arxitektura fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan. Arxitektorning soʻnggi ijodiy ishlaridan biri Ulyanovskdagi Lenin yodgorligi (1967—1970) edi[2].
U birinchilardan boʻlib RSFSRda xizmat koʻrsatgan arxitektor unvonini olgan.
Loyihalari
tahrir- 1946—1951-yillar: Xarkov, Vitebsk, Smolensk, Borodinodagi temiryoʻl stansiyalari,
- 1949—1953-yillar: Moskvadagi Lermontov maydonida koʻp qavatli bino (hammuallif A. N. Dushkin),
- 1952—1958-yillar: Petrovka koʻchasi, 38- uyda joylashgan Moskva jinoyat qidiruv boshqarmasi binosini rekonstruksiya qilish,
- 1954-yil: Leninskaya platformasidagi temiryoʻl stansiyasi loyihasi,
- 1963—1973-yillar : Moskvadagi Vernadskiy prospektidagi koʻp qavatli loyiha tashkilotlari binosi,
- 1965—1967-yillar: Toshkentdagi Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti binosi[3],
- 1967—1970-yillar: Ulyanovskdagi Lenin yodgorligi[4].
Vokzallar
tahrir-
Smolensk vokzali
-
Vitebsk vokzali
-
Xarkov vokzali
Manbalar
tahrir- ↑ „Мезенцев Борис Сергеевич“. www.old.bigenc.ru. Qaraldi: 24-oktabr 2023-yil.
- ↑ „Архитектору Борису Мезенцеву посвящается. Как рождался Ленинский мемориал“. www.ulpravda.ru. Qaraldi: 24-oktabr 2023-yil.
- ↑ „Архитектура Узбекистана ХХ века. Черная и красная книга.“. www.archalert.net. Qaraldi: 24-oktabr 2023-yil.
- ↑ „Борис Мезенцев: автор сталинских высоток и вдохновитель Тульского Белого дома“. www.dzen.ru. Qaraldi: 24-oktabr 2023-yil.