Boris Nikolayevich Surovsev (1902.19.4, Kirov viloyati Mamlij shahri — 1944.21.4, Gomel viloyati, Kalinkovichi shahri) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1935-yildan Samarqandda yashagan. 45-maktabda ilmiy boʻlim mudiri boʻlib ishlagan. 1924—27 yillar va 1941-yildan armiyada. 1942-yil apreldan alohida sapyorlar bataloni (Markaziy front 65armiyaning 69oʻqchi diviziyasi)ning boʻlinma komandiri, katta serjant. Repki rayonidagi Radul posyolkasi yaqinida Dnepr daryosini kechib oʻtishda alohida jasorat koʻrsatgan. 1943-yil 30 oktabrda Qahramon unvoni berilgan. Samarqand shahridagi 45oʻrta maktabga nomi berilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil