Bosh menuni ochish

Boris Semyonovich Yakobi (1801.21.9, Potsdam 1874.27.2, Peterburg) — rus fizigi va elektrotexnigi, Peterburg FA muxbir aʼzosi (1842), akad. (1847). Gyottingen untida oʻqigan. Derpt universiteti (Kyonigsberg) prof. (1835). 1837 yildan Peterburgda yashagan. Ilmiy ishlari elektromagnetizm va uning amaliyotda qoʻllanishiga doir. Elektr dvigatel ixtiro qilgan (1834), teskari elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil boʻlishi hodisasini kashf etgan. Galvanoplastikani ixtiro qilgan (1938) va uni bosma, tangachaqa zarb qilish, badiiy buyumlarni tayyorlashda qoʻllash bilan shugʻullangan. Qator telegraf apparatlarni loyihaladi, birinchi boʻlib yer osti (kabelli) telegraf aloqasini oʻrnatdi, galvanometrning bir necha konstruksiyalarini, voltmetr, qarshilik rostlagichi, qarshilikning sim etaloni kabi elektrotexnika asbob va qurilmalarini yaratdi. U elektrotexnikaga oid bilimlarni rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi.