Bosh korteslar — tarixda ilk bor korteslar. Yevropadagi turli tabaqa vakillarning yigʻilishi boʻlib, Iberiya yarim orolidagi Kastiliyada 1137-yilda vujudga kelgan. 1978-y. 27-dekabrda qabul qilingan Ispaniya Kons.sining III boʻlimiga muvofiq parlamentning nomi. B.k. ispan xalqi nomidan saylanadigan Kongress xamda Senatdan iborat . Kongress 300 xamda 400 oraligʻida xalq tomonidan umumiy, teng, toʻgʻridan — toʻgʻri, yashirin tartibda ovoz berish yoʻli bilan saylanadigan deputatlardan iborat. Kongressga nomzodlar provinsiyalardan koʻrsatiladi. Kongress deputatlarining vakolat muddati — 4 yil. Senat hududiy vakillar palatasi hisoblanadi. Har bir provinsiyadan toʻrttadan senator umumiy, teng, erkin, toʻgʻridan — toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi