Boshqariladigan zenit raketalari
[1] Boshqariladigan zenit raketa (BZR) — yer-havo sinfiga mansub raketa bo'lib, zenit-raketa majmuasi(ZRM)ning bir qismi hisoblanadi va turli havo nishonlarini yo'q qilish uchun mo'ljallangan.
Tasnifi
tahrirRaketalar joylashtirish turi, yo'q qilish masofasi va balandligi, nishonga tegishning maksimal tezligi va ishga tushirish tamoyillari bo'yicha farqlanadi. Suyuq va qattiq yoqilg'i dvigatellari bilan ishlaydigan raketalar mavjud.
- Boshqaruvi bo'yicha
- radioboshqaruvli
- radioto'lqin bo'yicha boshqariladigan
- o'zi boshqariladigan
- aralash
- Aerodinamik tuzilishiga ko'ra
- normal (stabilizatorlari orqada, ruli oldinda) va uning kichik turlari - dumsiz (stabilizator rul bilan "birlashtirilgan")
- kanard (oldida rullar, orqada stabilizatorlar)
- yuk ko'taruvchi konus (orqada rullari bo'lgan konussimon fyuzelyaj)
Zenit raketalar ham statsionar, ham mobil, ham ko‘chma raketa majmualarida qo‘llanilishi mumkin.
Qurilmasi
tahrirBoshqariladigan zenit raketa quyidagilardan tashkiltopgan
- Fyuzelaj va quyruqni o'z ichiga olgan korpusi (rullar va stabilizatorlar)
- Dvigatel
- Avtopilot
- Girouskunalar
- Pnevmatik va elektr quvvat manbalari
- Qabul va uzatish qurilmalari
- Kontaktli va kontaktsiz portlagichlar
- Jangovor kallak (oskolko-fugasli yoki maxsus)