Boshsiz chavandoz (inglizcha: The Headless Horseman:A Strange Tale Of Texas) — bu Thomas Mayne Reidning 1865-yilda Amerikadagi sarguzashtlari asosida yozilgan romani. Ushbu roman Mayne Reid ijodiy merosining dur­dona asari hisoblanadi.[1]

Boshsiz chavandoz
Asl nomi The Headless Horseman:A Strange Tale Of Texas
Muallif(lar) Thomas Mayne Reid
Muharrir(lar) Richard Benthley
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1865-yil
Nashriyot Chapman and Hall
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2017-yil Yangi asr avlodi nashriyoti
Sahifalar soni 464 bet
ISBN

ISBN 0-548-26531-3 (Angliya)

ISBN 978-9943-27-784-7 (Uzb)

Romanda haqiqiy muhabbat hami­sha qadrlanishini, adolat nohaqlik ustidan gʻalaba qilishi­ni, ezgulik yorugʻ kunlarga yetkazishini asar qahramonlari­ning oʻzaro munosabatlari orqali qalbdan his qiladi.

Roman yozilgandan soʻng darhol Chapman & Hall oylik sonlarini nashr eta boshladi. Birinchi son 1865-yil 1-martda nashr etilgan. Jami 20 ta nashr chiqarildi, ularning har biri oltita pensdan iborat edi.[2][3]

1866-yilda nashriyotchi Richard Benthley Boshsiz chavandozning birinchi alohida nashrini chop ettirdi.[4]

Roman asosida 1972-yilda Sovet-Kuba hamkorligida rejissor va produser Vladimir Vajnshtok tomonidan Boshsiz Chavandoz nomli film suratga olingan. Bosh rollarni Ludmila Savelyeva va Oleg Vidov ijro etgan.

Sujet tahrir

Asar qahramonlari goʻzal xonim Luiza Poyndekster va irlandiyalik olijanob yigit Moris Jerald, hamma voqealar ularning Savannadagi ilk uchra­shuvlaridan boshlandi. Luizaga uylanishni maqsad qilib yurgan kapitan Kassiy Kolxaun ikki yurakda alangalangan muhabbatga toʻsqinlik qilishni oʻyladi. Oʻzining yovuz hiyla va rejalarini ishlab chiqdi. Moris Jeralddan oʻch olish niya­tida uni oʻldirmoqchi boʻldi, lekin oʻzi bilmagan holda togʻasi­ning oʻgʻli Genrining hayotiga zomin boʻldi. Asardagi barcha voqealar rivoji shiddatli va qizgʻin kechadi.

Qahramonlar tahrir

  • Moris Jerald: Chavandoz, Luiza Poyndeksterni sevadi
  • Luiza Poindekster: Genri Poindeksterning Moris Jeraldni sevadigan singlisi
  • Genri Poindekster: Luiza Poindeksterning bedarak yoʻqolgan akasi
  • Kapitan Kassius Kalxun: Luiza va Genri Poindeksterning amakivachchasi
  • Zebulon „Zeb“ Stump: ovchi va Moris Jeraldning doʻsti
  • Felim OʻNil: Moris Jeraldning xizmatkori va tarbiyalangan ukasi
  • Vudli Poindekster: Genri va Luiza Poindeksterning otasi
  • Isidora: Moris Jeraldni sevgan meksikalik
  • Migel Dias: Morisdan nafratlanadigan va Isidorani sevadigan meksikalik

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir