Bosniya va Gersegovina ommaviy axborot vositalari

Bosniya va Gersegovina ommaviy axborot vositalari – Bosniya va Gersegovinada (BiH) joylashgan ommaviy axborot vositalarini oʻz ichiga oladi. Televideniye, radio, jurnallar va gazetalar ham davlat, ham notijorat korporatsiyalari tomonidan boshqariladi. Ular reklama, obuna va sotuv bilan bogʻliq boshqa daromadlarga bogʻliq. Garchi siyosiy va iqtisodiy bosimlar, maʼmuriy tarqoqlik bilan birgalikda jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarining mustaqilligiga toʻsqinlik qilishiga qaramay, Bosniya va Gersegovina Konstitutsiyasi soʻz erkinligini kafolatlaydi[1].

Urushdan keyin murakkab ichki siyosiy tuzimni boshdan kechirayotgan mamlakat sifatida Bosniya va Gersegovinaning media tizimi oʻzgarish ostida boʻlgan. Urushdan keyingi dastlabki davrda (1995—2005) ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga asosan xalqaro hamkorlar va yirik agentliklarning rahbarlari boshqargan. Ular ommaviy axborot vositalarini rekonstruksiya qilish, diversifikatsiya qilish, demokratlashtirish va professionallashtirishga yordam berish uchun sarmoya kiritgan[2][3].

Jurnalistlarning holati

tahrir

Bosniya va Gersegovinada professional va tajribali jurnalistlar kam uchraydi. Jurnalistlar malakali boʻlishlariga qaramay, nisbatan kamroq maosh oladilar va ommaviy axborot vositalarining moliyaviy qiyinchiliklari tufayli ularga koʻpincha yetarli darajada yaxshi maosh toʻlanmaydi[4].. Koʻpgina jurnalistlar tegishli mehnat shartnomalarisiz ishlaydilar. Koʻpincha odatdagi ish soatlari yoki undan ham uzoqroq ishlashlari oqibatida ularning sogʻligʻi yomonlashuviga olib kelgan va pensiya jamgʻarmalari davlat tomonidan qoplab berilmagan.

 
SFF qizil yoʻlagi.

Ommaviy axborot vositalari

tahrir

2014-yilda Bosniya va Gersegovinada sakkizta kundalik gazeta (asosan xususiy), 189 ta haftalik yoki oylik gazeta va jurnallar, 142 ta radiostansiya, 43 ta televizion stansiya va sakkizta axborot agentligi mavjud boʻlgan. Shunga qaramay, koʻplab fuqarolar bir nechta manbalardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan[5].

Kino sanoati

tahrir

Bosniya va Gersegovinada kino tarixi 1897-yil 27-iyulda birinchi film namoyishi etilishi bilan boshlangan. Biroq, kino sanoatining rivojlanishi faqat Ikkinchi jahon urushidan keyin sodir boʻlgan. Mamlakatda bugungi kunga qadar 120 ta badiiy, yuzlab hujjatli va qisqa metrajli filmlar suratga olingan boʻlib, shundan soʻnggi oʻn yillikda 20 ga yaqini (asosan hamkorlikda suratga olingan) film va seriallardir[6][7].

2008-yilda Bosniya va Gersegovinada 50 ta kinoteatr boʻlib, ularda 7409 ta film namoyish etilgan. Ulardan 503 tasi mahalliy agentliklar bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan filmlardir. Kino tomoshabinlar soni yildan yilga kamayib borgan. 2003-yilda 643,009 kishidan 2008-yilda 236,517 kishiga kamaygan[8][9].

Manbalar

tahrir
  1. Freedom House, Press Freedom report 2015, Bosnia and Herzegovina (Wayback Machine saytida 2020-02-21 sanasida arxivlangan)
  2. Hozić, 2008; Thompson & De Luce, 2002; Kurspahić, 2003; Jusić, 2006
  3. Tarik Jusić, „Bosnia and Herzegovina Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.“, EJC Media Landscapes
  4. Freedom House, Press Freedom report 2015, Bosnia and Herzegovina (Wayback Machine saytida 2020-02-21 sanasida arxivlangan)
  5. Freedom House, Press Freedom report 2015, Bosnia and Herzegovina (Wayback Machine saytida 2020-02-21 sanasida arxivlangan)
  6. Tarik Jusić, „Bosnia and Herzegovina Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.“, EJC Media Landscapes
  7. Udruzenje filmskih radnika Bosne i Hercegovine
  8. Tarik Jusić, „Bosnia and Herzegovina Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.“, EJC Media Landscapes
  9. Agency of Statistics of Bosnia and Herzegovina, 2009: 18