Botanicula — Bu Jára Plachy va Amanita Design tomonidan ishlab chiqilgan point-and-click, kvest janridagi videooʻyin boʻlib. Oʻyin 2011-yil 28 martda Microsoft Windows, Mac OS X va Linux uchun GameCityNights tadbirida anons qilingan va 2012-yil 19-aprelda chiqarilgan. Shuningdek, tez orada oʻyinning iPad va Android asosidagi planshetlar uchun versiyalarini chiqarish rejalashtirilgan.

Botanicula
Ishlab chiqaruvchi Amanita Design
Nashir etuvchi

Amanita Design
Yevropa Ittifoqi Daedalic Entertainment

Rossiya 1C-SoftKlab
Chiqarilgan sana 2012-yil 19-aprel
Geymdizayner Jaromír Plachý
Janr Kvest
Platformalar Windows
Mac OS X
Linux
Android
Yuritkich Adobe AIR
Boshqaruv Klaviatura
Sichqoncha
Sensorli ekran


Syujeti

tahrir

Oʻyin daraxtda yashovchi beshta jonzot haqida boʻlib, ular oxirgi urugʻni oʻrgimchaksimon qora parazitlaridan qutqarishga harakat qilishadi. Oʻyin 7 ta joyda boʻlib oʻtadi, ularning har biri oʻzining yakuniy maqsadiga ega.

1-bob — Daraxtning tepasidan pastga tushish.

2-bob — Beshta kalitni topish.

3-bob — Dushmanlardan qochish.

4-bob — Bolalarni topish.

5-bob — Barcha tuyaqushlarni topish.

6-bob — 4 ta toshni topish.

7-bob — Yovuzlik bilan yakuniy jang.

Botanikulaning oʻziga xos xususiyati — bu qahramonlarning noyob qobiliyatlari:

Fazalis chirogʻi — kichik toʻq sariq jonzot, oʻyin bosh qahramoni, porlab turuvchi urugʻlarni yeb, qorongʻu joylarni yoritishga qodir.

Qoʻziqorin guruhdagi yagona qiz. Oʻzining nusxalarini yaratishi va hajmini faqat bitta shlyapagacha qisqartirishi mumkin.

Ko'knori qutisi — guruhning uchinchi aʼzosi, eng kuchli personaj.

Novdacha — tana qismlarini uzaytira oladigan yana bir personaj . Shuningdek, u bir zumda tanasida gullar oʻstirishi mumkin.

Pat - oxirgi oʻynash mumkin boʻlgan personaj, juda kichik va zaif, lekin uchishga qodir.

Oʻzaro yordam uchun oʻz qobiliyatlaridan foydalangan holda, bosh qahramonlar jumboqlarni hal qilib, hikoya boʻylab harakatlanadilar.

Oʻyin jarayoni

tahrir

Amanita Design -dan oldingi oʻyinlarda boʻlgani kabi, Botanicula ham xuddi shunday sxemaga amal qiladi, faqat bu safar beshta qahramon bor. Oʻyinchi jumboqlarni yechish va asosiy qahramonlar yoʻlida duch keladigan toʻsiqlarni yengib oʻtish uchun zarur boʻlgan narsalarni toʻplash orqali atrof-muhitni darajalarda oʻrganadi. Oʻyinchi boshqa mavjudotlar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻlib. Ammo Machinarium oʻyinida boʻlgani kabi, Botaniculaʼda ham ogʻzaki yoki yozma muloqot shakli yoq.

Ishlab chiqilishi

tahrir

Oʻyin ikki yarim yil davomida Yaromir Plahi va Amanita Design studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Soundtrack

tahrir
 
Botanicula oʻyini uchun DVA Soundtrack logotipi

Botanicula oʻyinining musiqasi va ovozi Chexiyaning DVA guruhi tomonidan yozilgan.

Soundtrack
Nom Davomiyligi
1. Juchu 03:35
2. Lekacka 02:16
3. Letejono 01:45
4. Houby 03:08
5. Crab 00:28
6. Mr lanterns mixtape part 1 02:04
7. I was born as frankenstein 01:43
8. Level 3 02:51
9. Mrs mushroom likes LCD soundsystem 01:50
10. Bunky 02:53
11. Melodika 02:16
12. Beetleman 02:02
13. Nocni jazz 02:55
14. Evil live 00:44
15. Im the pacman 00:33
16. A major for 12 frogs 01:11
17. Submarine 03:44
18. Lala 01:58
19. Cinem 02:04
20. Zatoichi 01:54
21. Finale 03:20

Mukofot va Sharhlar

tahrir

Independent Games Festival 2012 (IGF’12) — „Excellence in Audio Award“

Manbalar

tahrir
  1. „Botanicula for PC Reviews“. Metacritic. CBS Interactive. Qaraldi: 2013-yil 17-avgust.
  2. „Botanicula for iPhone/iPad Reviews“. Metacritic. CBS Interactive. Qaraldi: 2018-yil 17-avgust.
  3. Gallegos, Anthony „Botanicula Review“. IGN (2012-yil 26-aprel). Qaraldi: 2022-yil 2-yanvar.
  4. Ford, Eric „'Botanicula' Review – Nature's Beauty“. TouchArcade (2014-yil 15-may). Qaraldi: 2018-yil 17-avgust.
  5. Cobbett, Richard „Botanicula review“. PC Gamer (2012-yil 12-iyun). Qaraldi: 2022-yil 2-yanvar.
  6. Donlan, Christian „Botanicula Review“. Eurogamer (2012-yil 25-aprel). Qaraldi: 2022-yil 2-yanvar.
  7. Raha, Shuva „Review for Botanicula“. Adventure Gamers (2012-yil 19-aprel). Qaraldi: 2022-yil 2-yanvar.
  8. Duncan, Alasdair „Review: Botanicula“. Destructoid (2012-yil 28-aprel). Qaraldi: 2022-yil 2-yanvar.
  9. Walton, Mark „Botanicula Review Review“. GameSpot (2012-yil 19-aprel). Qaraldi: 2022-yil 2-yanvar.
  10. Miller, Matt (30 April 2012). „Botanicula Brings Wonder and Weirdness“. Game Informer. 2022-09-30da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2 January 2022.
  11. admin, VideoGamer.com „Botanicula Review“. VideoGamer.com (2012-yil 20-aprel). Qaraldi: 2022-yil 2-yanvar.
  12. Slater, Harry „Botanicula“. Botanicula (2014-yil 7-may). Qaraldi: 2022-yil 2-yanvar.

Havolalar

tahrir