Botanika ilmiy ishlab chiqarish markazi

Hozirgi kunda markaz oʻz ichiga quidagi boʻlimlarni jamlagan, Botanika instituti, Amir Temur nomidagi Botanika bogʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Gerbariysi, Qizilqum choʻl stansiyasi, Boʻstonliq togʻ-botanika stasionari, Qibray tajriba bazasi kiradi.Markaz ichida 17 ta labaratoriya faoliyat koʻrsatadi, ilmiy potensiali 20 nafar fan doktorlari va 49 ta fan nomizodlaridan iborat.

Markazning ilmiy faoliyati tahrir

Botanika-ilmiy ishlab chiqarish markazining asosiy maqsaqlardan biri, Oʻzbekistonning hozirgi zamon va qazilma holdagi florasi va oʻsimliklar qoplamini kompleks oʻrganish, ulardan oqilona foydalanish, muhofaza qilish, qayta tiklash, respublika oʻsimliklar geofondini saqlash va boyitish maqsadida introduksiya va akklimatizatsiya ishlarini olib borish. Oʻsimliklarga tabiiy-ekalogik muhit, antropogen va texnogen omillarning tasirini oʻrganish, ulardagi strukturaviy va funksiyonal moslashish qonuniyatlari, kserofitizm, galofitizm, va choʻllanish jarayonlarini ilmiy asoslab berish, tabiiy oʻtloqlarni xosildorligini yanada oshirish, suniy oʻtloqlar yaratish, choʻl va yarim choʻl mintaqalarini hamda qiriyotgan Orol dengizi tubini yangi fitomeliorantlar bilan boyitish. Tabiyatning asl holati hamda madaniylashtirilayotgan istiqbolli oʻsimliklarning reproduktiv biologiyasini chuqur oʻrganish. Uzoq formallarni duragaylash va qimmatli gulli-manzarali jadallashtirilgan vegetativ reproduksiya uslublaridan foydalanish, introdutsenlar va yem-xashak oʻsimliklar seleksiyasining nazariy asoslarini ishlab chiqash. Shifobaxsh, tabiiy oʻsimliklar va sanoat botanikasi biologik asoslarini rivojlantirish. Aligoflora, mikodflora va yuksak suv oʻsimliklari florasini oʻrganish, suvoʻtlar va zamburugʻlarning kolleksiyalarini tashkil etish, istiqbolli tur va shtammlardan biologik faol moddalarni ajratib olish biotexnologiyasinia yaratish.

  1. Markaz faoliyati davomidagi olimlarning ishlanmalari .

Oʻrta Osiyo florasi qoplamining ekologik turlanishini va filogenezi, oʻsimliklar introduksiyasi va aklimatizatsiyasi nazariyasi va terminologiyasi, choʻl va yarim choʻl oʻtloqlari fitomelioratsiyasi ilmiy asoslari, oʻsimliklar qoplami tipologiyasining orginal prinsiplari va turlanishi, tik mintaqalar nomenklaturasi va yangi printsiplari, respublikaning barcha tabiiy zonalarida oʻsimlik jamoalarining tarqalish qonuniytlari va ularning tarkibi, kamyob va yoʻqolish ostidagi turlar aniqlanadi tuban osimliklrning (suvoʻtlar va zamburugʻlar) mintaqaviy va geografik tarqalish hususiyatlari, shakllanish va rivojkanish qonuniyatlari asoslab berildi.[1] Suvda oʻsadigan oʻsimliklarning fiziologik-bioximik xususiyatlari va ularning yangi koʻpayish uslublari oʻrganildi va ularda foydalanish uslublari ishlab chiqildi.Qimmatli oziqabob, dorivor em-xashak va boshqa foydali oʻsimlilarning 40 dan ortiq turi ilk bor madaniylashtirildi. Spirtsiz ichimliklarning 12 turi, "Samarqand ", " Turon " balzamlari, qator dorivor yegʻmalar va oʻsimliklar turlariga texnik xujjatlar ishlab chiqildi va amalyotga tadbiq etildi. Markaz kelgusida asosiy diqqat etiborini choʻllanish muammosiga, antropogen omillarning kuchayishiga bogʻliq holda oʻsimliklar qoplamining xolatini aniqlashga, ekalogik xaritalashga, qurgʻoqchilikka va shoʻrga chidamli oʻsimliklarni inqirozga uchragan adirlarga fitomelioratsiya qilishga, oʻtloqlarda va Orolnig qurigan tubida choʻl oʻsimliklarining, noyob va yoʻqolib borayotgan turlarni dorivor oʻsimliklarni batafsil oʻrganishga qaratadi[2].

Xalqaro aloqalar tahrir

Botanika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi halqaro chet el hamkorlari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik qiladi. Jumladan Isroilning Xebron universiteti olimlari bilan hamkorlikda " Oʻzbekiston va unga yondosh xududlarda piyoz turkumi turlarini saqlash va ularning jonli kolleksiyasini yaratish " mavzusidagi loyiha boʻyicha USAID granti asosida ishlar olib borilgan . Yaponiyaning Kyoto milliy universiteti bilan xamkorligda etnobotanika, Germaniyaning Gaterslaben shahridagi oʻsimliklar generikasi instituti olimlari bilan xamkorligda Allium L turkum tabiiy sistemasini yaratish ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Yaponiya, Germaniya, Isroil, Gollandiya, Rossiya va boshqa mamlakatlar olimlari bilan hamkorligda Oʻzbekiston va qoʻshni mamlakatlarning turli geografik zonalariga ilmiy ekspiditsiyalar tashkil qilingan. Dunyoning 210 ta botanika bogʻlari bilan hamkorligda

urugʻ almashinish jarayonlari olib borilmoqda[3].

Manbalar tahrir