Botir Mirzaxmedov

oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor

Botir Mirzarahimovich Mirzaxmedov (1938-yil 10-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (1981), professor (1982).

Botir Mirzarahimovich Mirzaxmedov
Tavalludi 10-iyul 1938-yil (1938-07-10) (86 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi fizik olim
Sohasi fizika
Taʼlimi Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi

tahrir

Botir Mirzaxmedov 1938-yil 10-iyul Toshkentda tugʻilgan[1][2]. 1961-yilda Toshkent davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakultetini tugatgan. 1961–1963-yillarda ushbu institutning fizika o‘qitish metodikasi kafedrasida katta laborant[2], 1963—1965-yillarda o‘qituvchi

Ilmiy faoliyati

tahrir

Botir Mirzaxmedov 1965—1968-yillar Moskva Oliy pedagogika instituti aspiranturasida oʻqigan[2]. 1968-yilda nomzodlik ishini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasi oladi. 1981-yilda Moskva shahrida „Turli tipdagi o‘quv yurtlarida fizika ta’limi mazmunini tabaqalashtirish muammolari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va fizika o‘qitish metodikasi bo‘yicha O‘rta Osiyo respublikalarida birinchi bo‘lib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 1982-yilda professor ilmiy unvonini berilgan[2]. 1982—1985-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti „Fizika o‘qitish metodikasi“ kafedrasi professori, 1985—1989-yillarda Toshkentdagi O‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti rektori, 1990—1992-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti „Umumiy pedagogika“ kafedrasi mudiri, 1992—1997-yillar O‘zbekiston pedagogika fanlar ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, bo‘lim mudiri, 1997—2011-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti „Fizika va uni o‘qitish metodikasi“ kafedrasi professori vazifasida faoliyat olib borgan[1].

Mukofotlari

tahrir
  • „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi“ unvoni (1985)[3];
  • „Xalq ta’limi a’lochisi“ ko‘krak nishon.

Manbalar

tahrir