Botqoq toshyorari
Botqoq toshyorari (lotincha: Saxifraga hirculus) — ikki urugʻpallalilar sinfi, saxifraga turkumiga mansub ko‘p yillik gulli o‘simlik turi. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Piskom tizmasi hududida tarqalgan. Dengiz sathidan 2600-3000 m balandlikdagi o‘sadi[1].
Botqoq toshyorari | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yurak o‘simliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Saxifraga |
Binar nomi | |
Saxifraga hirculus |
Tavsifi
tahrirBalandligi 10-30 sm gacha yetadigan ko‘p yillik, ildizpoyali o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi qisqa, ipsimon bo‘laklarga bo‘lingan. O‘q ildiz sistemasiga ega. Poyasi yashil qisqa, yuzasi silliq. Ildiz bo‘g‘zidan yopirma barglar hosil qiladi. Barglari bandsiz, nashtarsimon, poyada navbatma-navbat joylashgan, uzunligi 1-3 sm, kengligi 2-5 mm. Gullari ikki jinsli, poyaning uchida bittadan joylashgan. Gulqo‘rg‘o'ninchisi 2-5 a'zoli. Gultojibarglari sariq tusda, gulkosachabarglari och yashil rangda, tojibarglardan ikki uch marta qisqaroq. Kapalaklar va asalarilar yordamida changlanadi. Iyul sentabr oylarida gullab meva beradi. Mevasi quruq, tor, ellips shaklidagi, bo‘laklarga bo‘lingan ko‘sak meva. Urugʻi va ildizpoyasi orqali ko‘payadi. Ildizpoyasi orqali ko‘payganda, bitta o‘simlik ko‘payib kichik to'plamlar hosil qiladi.
Tarqalishi va o‘sish sharoiti
tahrirTabiatda juda kam tarqalgan. Toshkent viloyati G‘arbiy Tyan-shan, Piskom tizmasi hududida tarqalgan. Dengiz sathidan 2600-3000 m balandlikdagi sernam joylarda, buloq, soylar bo‘yida, eriyotgan qorlar orasida o‘sadi. Ko'pincha 2 yoki 3 ta o‘simlikdan to‘p hosil qilgan holda uchraydi. Ma'lum bir tuproq sharoitiga moslashganligi sababli areali qisqarib ketgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Saxifraga hirculus L.“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.