Botsvana davlat bayrogʻi — Botsvana Respublikasining davlat ramzlaridan biri. 1966-yil 30-sentabrda Buyuk Britaniya bayrogʻi oʻrniga qabul qilingan[1]. Bayroq oq chegarali qora gorizontal chiziq bilan oʻrtasidan boʻlingan koʻk paneldir. Chiziq nisbati 9:1:4:1:9. Bu na Pan-Afrika ranglaridan na mamlakatning hukmron siyosiy partiyasining ranglaridan foydalangan baʼzi Afrika bayroqlaridan biridir[2].

Botsvana bayrogʻi
Mamlakat Botsvana
Mutanosibligi 2:3
Qabul qilindi 30-sentyabr, 1966-yil (57 yil avval) (1966-09-30)
Botsvana prezidentining bayrogʻi (shtandarti)
Mutanosibligi 2:3
Mustaqillikning 50 yilligini nishonlash kunida Botsvana bayroqlarini koʻtargan bolalar.

Bayroq tarixi tahrir

1885-yilda Bechunalend Buyuk Britaniyaning mustamlaka imperiyasida uning protektoratiga aylandi. Bu Tsvana xalqi rahbarlari inglizlar bilan qoʻshni Janubiy Afrika Respublikasidan oʻz yerlariga bostirib kirgan burlardan himoya qilish toʻgʻrisidagi kelishuvdan keyin sodir boʻldi.[3] Ushbu yangi himoyaga qaramay, Janubiy Afrika Bechunalendni oʻz Ittifoqiga qoʻshishlari uchun inglizlarga bosim oʻtkazishda davom etdi[3]. Bechunalend 1966-yilda Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi; yangi davlat Botsvana deb nom oldi[4].

Botsvana mustaqillikka erishgunga qadar oʻzining mustamlaka bayrogʻiga ega emas edi[4] shuningdek buyuk Britaniya bayrogʻi protektoratning bayrogʻi boʻlib xizmat qilardi. Botsvana milliy bayrogʻi 1966-yilda tashkil etilganida, u Janubiy Afrika bayrogʻiga oʻxshash qilib yaratildi[5], chunki oxirgi mamlakat aparteid boshqaruv rejimi ortida edi[4]. Shunday qilib, oq ramkali qora chiziq Botsvanada yashovchi Afrika va yevropalik odamlar oʻrtasida tinchlik va hamjihatlikning timsoliga aylandi[2]. Yangi bayroq 1966-yil 30- sentabr kuni Botsvana mustaqil davlatga aylangan kuni yarim tunda koʻtarildi[6].

Bayroqning ramziyligi tahrir

Bayrogʻidagi koʻk rang Afrika osmonini va suvga boʻlgan umidni, shu jumladan yomgʻir shaklini anglatadi[7], uning yetishmasligi tufayli Kalahari choʻlidagi qurgʻoqchil iqlimini Botsvana xalqi boshdan kechiradi[8], bu mamlakatning milliy shiorida ham ifodalangan: „PULA“-"yomgʻir yogʻsin". Qora chiziq Botsvana tub aholisining ramzidir. Oq chiziqlar milliy ozchilikning ramzidir. Ushbu ranglarning qoʻshniligi qora va oq irqlar oʻrtasidagi oʻzaro tushunish, uygʻunlik va doʻstlikni anglatadi.[9] Bundan tashqari, ranglarning bu kombinatsiyasi mamlakat gerbida tasvirlangan zebrani eslatadi[10].

Ranglar tahrir

 
Botsvana bayrogʻini yasash sxemasi
Sxema Koʻk Oq Qora
Pantone 550 °C - Black 6 °C
RGB 108-166-205 250-250-250 0-0-0
CMYK C47 M19 Y0 K20 C0 M0 Y0 K2 C0 M0 Y0 K100
Hexadecimal #6CA6CD #FFFAFA #000000

Manbalar tahrir

  1. „The meaning behind the Botswana flag – YourBotswana“ (en-GB). Qaraldi: 2020-yil 30-may.
  2. 2,0 2,1 Kindersley, Dorling. Complete Flags of the World. Dorling Kindersley Ltd., 3-noyabr 2008-yil — 101 bet. ISBN 9781405338615. 5-iyun 2013-yilda qaraldi. 
  3. 3,0 3,1 „History of Botswana“. Lonely Planet. 2020-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyun.
  4. 4,0 4,1 4,2 Smith, Whitney. "Botswana, flag of". Encyclopædia Britannica. Encyclopædia Britannica, Inc.. http://www.britannica.com/EBchecked/topic/1355079/Botswana-flag-of. Qaraldi: 5-iyun 2013-yil.  (subscription required)
  5. Molosi, Donald „9-1-4-1-9: Decoding the Botswana Flag - The Patriot on Sunday“ (en-gb). www.thepatriot.co.bw. 2019-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-may.
  6. Paine, David J.. „New nation raises flag“. The Leader-Post. Associated Press (29-sentabr 1966-yil). Qaraldi: 5-iyun 2013-yil.
  7. „Botswana“. The World Factbook. CIA. Qaraldi: 5-iyun 2013-yil.
  8. Shaw, Carol P.. Flags. HarperCollins UK, 2004 — 51 bet. ISBN 9780007165261. 5-iyun 2013-yilda qaraldi. 
  9. Behnke, Alison. Botswana in Pictures. Twenty-First Century Books, 2009 — 51 bet. ISBN 9781575059532. 5-iyun 2013-yilda qaraldi. „flag of botswana.“ 
  10. Альфред Знамиеровский. Flagi mira-BMM Moskva,2002-s.100