Boy berilgan foyda — zararning bir turi boʻlib, huquqi buzilgan shaxsning oʻz huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadlari. Zararning toʻla hajmda qoplanishi jabrlanuvchi foydasiga u tomonidan qilingan harajatlarni, mulkning yoʻqotilishi va zararlanishi bilan bogʻliq boʻlganharajatlarni qoplaydigan summalargina emas, balki zarar yetkazish harakati boʻlmaganida jabrlanuvchi tomonidan olinishi mumkin boʻlgan, ammo olinmay qolgan daromadlar xam tushuniladi. Olinmay qolgan daromadlar, asosan, zarar yetkazilishi natijasida mehnat qobiliyatini yoʻqotgan shaxsning ololmagan ish haki tarzida koʻriladi . OʻzR FKning 324-moddasiga muvofiq boy berilgan foydani aniqlashda kreditor tomonidan uni olish uchun koʻrilgan choralar va shu maqsadda koʻrilgan tayyorgarliklar hisobga olinadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi