Boyazid Bastomiy ziyoratgohi
Boyazid Bastomiy ziyoratgohi — ziyoratgoh, diqqatga sazovor joy. Oʻzbekistonning Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, Boʻston qishlogʻi, Boʻstontepada joylashgan. Boyazid Bastomiyning (801—875) qadamjoyi. Qadamjoyda Boyazid Bastomiy masjidi va uning ramziy qabri bor. Boyazid Bastomiyning asl qabri oʻzining vatanida, Eronning Bastom shahrida boʻlib, uning ustiga katta maqbara qurilgan[1].
Boyazid Bastomiy ziyoratgohidagi masjid Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat himoyasiga olingan[2].
Ziyoratgoh va Boyazid Bastomiyga atab Sadriddin Salim Buxoriyning „Hazrat Boyazid Bastomiy yoki Navoiy viloyati ziyoratgohlari“ kitobi yozilgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoriy 2012, s. 34—36.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
- ↑ „Sadriddin Salim Buxoriy (1946–2010)“. Saviya.uz. Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.[sayt ishlamaydi]
Adabiyotlar
tahrir- Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona, 2012 — 300-bet.