Boykandiy
BOYKANDIY, Ahmad ibn Ali as-Sulaymoniy al-Boykandiy. 923-1014-yillarda yashab oʻtgan -muhaddis. Poykend (Boykend) shahrida tug‘ilgan. Iroq, Suriya va Misr shaharlari bo‘ylab ko‘p syohatlar qilgan va ko‘plab hadislar to‘plagan. Vataniga qaytib kelgach, har haftada bittadan hadis to‘plami yozib, juma kunlari uni Buxoroga olib borgan va shahar jome masjidida uni juma namoziga kelgan xalq o‘rtasida o‘qib bergan. Boykandiy jami 400 dan ortiq katta va kichik asarlar yozgan.
Adabiyotlar
tahrirISLOM ENSIKLOPEDIYASI © „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |