Boyniyoz Qayipnazarov (1916-yil 25-avgust, Chimboy tumani) — qoraqalpoq xalq shoiri. Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tugatgan (1956). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941–1945). 1946—1966-yillarda maktabda oʻqituvchi, jurnal va nashriyotda muharrir, „Qoraqalpogʻiston“ nashriyoti badiiy adabiyot boʻlimida katta muharrir (1967-yildan) boʻlib ishlagan. „Oltin kuz“ (1952), „Qizil gul“ (1959), „Mening baxtim“ (1966), „Vatanim“ (1970), „Guldasta“ (1974) kabi toʻplamlarida qoraqalpoq xalqining hayoti aks etgan. „Orol ovozi“ sheʼriy toʻplami oʻzbek tilida nashr etilgan (1959). Sh. Rashidovning „Kashmir qoʻshigʻi“ asarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan[1].

Boyniyoz Qayipnazarov
Asl ismi Bayniyaz Qayıpnazarov
Tavalludi 25-avgust 1916-yil
Vafoti 21-yanvar 2001-yil(2001-01-21)
(84 yoshda)
Nukus, Qoraqalpogʻiston
Janr sher
Mukofotlari Berdaq nomidagi davlat mukofoti, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri, Jasorat medali
Onasi Guljamila

Urush yillarida tahrir

Yuragida dushmanga qarshi gʻazabi qaynagan millionlagan jangovarlarning bittasi ryadovoy soldat Boyniyaz Qayipnazarov edilar. Bayniyaz 1941-yilning urush boshlangan vagidan-oq urushga otlandi. Urushning ogʻir kunlarida Stalingrad urush maydonidagi Kolyuchkin tumanini ozod qilish uchun boʻlgan jangda ogʻir yarador boʻlib, gospitalda yotib davolanib, yarasi yozilib chiqadi va yana urushga kiradi. Bu safar Boyniyaz millionlagan qahramonlarning qatorida yurib, koʻp bilan birgalikda, xalqning dushmani boʻlgan fashist tajovuzkorlarini Vatanimizdan quvib chiqib, yer bilan yakson etadi. Berlinga qaray boʻlgan janglarning bittasida yana ogʻir yarador boʻladı. Oʻgʻir yaradan soʻng urushga yaramaydigan boʻlgani sababli, komissiyaning yakuniy qarori boʻyicha 1944-yili urushtan qaytadi.

Ijodi tahrir

Shoir Boyniyoz Qayipnazarovning she’rlari gazeta va almanaxlar sahifalarida tez-tez chiqa boshlaganida o‘quvchilarga ma’lum bo‘ldi. 1940-yilda shoirning birinchi kitobi nashr etilgan. Boyniyoz Qayipnazarov „Xalqga xizmat“ (1947), „Oltin kuz“ (1950), „Yashil eman“ (1956), „Qizil atirgul“ (1958) kabi to‘qqizta she’riy to‘plamlarining muallifi. Qaipnazarovning „Orol sadolari“ (1959) to‘plami o‘zbek tilida nashr etilgan. „Ikki askar“ balladasi, „Palvonbek“, „Ikki qaldirg‘och“, „Bir kolxozda“ she’rlarini ham yozgan.

M.Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tamomlagan shoir tarjimalar ustida ham samarali mehnat qilgan. A.Pushkin, M.Lermontov, T.Shevchenko asarlarini ona tiliga tarjima qilgan. Uning tarjimasida E.Dolmatovskiyning „Yulduz turkumi“ she’ri, Sharof Rashidovning „Kashmir afsonasi“ asari nashr etilgan[2].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Байнияз Каипназаров (1916)“. Qaraldi: 2023-yil 22-oktyabr.