Boysun bekligi yoki Boysun viloyati – Buxoro amirligining Sharqiy Buxorodagi maʼmuriy-hududiy birligi (hozirgi Oʻzbekiston hududi), markazi Boysun shahri boʻlgan. Dastlab mustaqil boʻlgan, XIX asrning 2-yarmida amir Muzaffar tomonidan amirlik tarkibiga qoʻshib olingan.

Boysun bekligi

XX asr boshlarida Buxoro amirligi bekliklarining maʼmuriy markazlari
XX asr boshlarida Buxoro amirligi bekliklarining maʼmuriy markazlari

Mamlakat Buxoro amirligi
Tegishli Sharqiy Buxoro
Tarkibida Boysun, Yaumchi, Rabot, Darband, Sayrob, Xatak, Zarabogʻ, Poshxurd, Buzravot, Kakaydi
Maʼmuriy markazi Boysun
Bekor qilingan sanasi 1920-yil
Xaritada

Boysun bekligi tarkibiga: Boysun, Yaumchi, Rabot, Darband, Sayrob, Xatak, Zarabogʻ, Poshxurd, Buzravot, Kakaydi amlokliklaridan iborat boʻlgan[1]. Boysun bekligi hududining kattaligi jihatidan vohada yetakchi oʻrinda turgan[2]. XIX arning 70-yillarida beklikda amirlikning 300 navkari joylashtirilgan[1]. XIX asr 80-yillarida Boysun, Sherobod, Denov, Baljuvon, Koʻlob, Qoʻrgʻontepa va Qabodiyon bekliklari amirning qarindoshi Hisor begi Ostonaqulbekka boʻysungan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Файзулла Очилдиев. „XIX асрнинг иккинчи ярми –XX аср бошларида Сурхон воҳаси бекликларининг мамурий бўлиниши ва бошқарув тизими“ (2021-yil 20-may). 2023-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
  2. Рашидов, Юсуф; Файзиев, Зафар; Рашидов, Карим (2020-10-17). „Расчёт гидравлического удара в самодренируемых гелиоустановках“. Общество и инновации. 1-jild, № 1/s. 16–29-bet. doi:10.47689/2181-1415-vol1-iss1/s-pp16-29. ISSN 2181-1415.