Bozor Soʻpijonov (1906-yil tavallud topgan — 1938-yil 14-oktyabrda vafot etgan) — Qo‘qon shahar partiya komiteti aʼzosi. Osiyo temir yo‘li Qo‘qon stansiyasi 3-eksplutasion bo‘limi tuman kasaba soyuzi raisi. Qo‘qon shahar partiyasi komitetida xodimlar bo‘limi mudiri. O‘zbek oziq-ovqat savdosida Qo‘qon shahar bo‘limi boshqaruvchisi.

Bozor Soʻpijonov
Tavalludi 1906-yil
Vafoti 14-oktyabr 1938-yil
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 1920—1937-yillar

Hayoti va taʼlimi

tahrir

Bozor Soʻpijonov 1906-yil Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanida oddiy ishchi oilasida tavallud topgan. Manbalarda uning oilaliligi, Qo‘qon shahri 5-may kvartali, 78-uyda istiqomat qilgani haqida maʼlumotlar mavjud[1]. B. So‘pijonov 1938-yilning 14-oktyabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan SSSR Harbiy Oliy sudi kollegiyasi sayyor sessiyasining yig‘ilishida otuvga hukm qilingan va oʻsha kunning oʻzidayoq hukm ijro etilgan[2].

Maʼlumoti — quyi, 1930-yildan to 1931-yilgacha Samarqand shahridagi O‘zbekiston Kommunistik universitetida o‘qigan. 1920-yilga qadar otasi qaramog‘ida boʻlgan va shu yildan oʻz faoliyatini boshlagan.

Faoliyati

tahrir

1926-yil 25-noyabrda Qo‘qon shahar partiya komitetida partiyaga qabul qilingan. 1920-yildan 1922-yilga qadar xususiy Qo‘qon stansiyasidagi Mebulnikov ismli shaxs qoʻl ostida cho‘ponlik qilgan, 1922—1924-yillarda ishsiz boʻlgan va 1924-yildan Qo‘qon shahr temir yo‘li stansiyasi 3-ekspluatasiya bo‘limida konduktor boʻlib ish faoliyatini davom ettirgan. 1928—1930-yillar oraligʻida Samarqand Qizil armiyasining o‘zbek brigadasida ishchi-dehqon sifatida xizmat qilgan, 19311932 yillarda O‘rta Osiyo temir yo‘li Qo‘qon stansiyasi 3-eksplutasion bo‘limi tuman kasaba soyuzi raisi lavozimida ish yuritgan. 1932—1933-yillari Qo‘qon shahar partiya komitetida xodimlar bo‘limi mudiri, 1933—1934-yillarda esa Oyim tumani partiya komiteti sekretari boʻlib xizmat qilgan. 1934-yil — 1935-yil Qo‘qon shahar temir yo‘li fabrika-zavod bilim yurtida targ‘ibotchi sifatida, keyinchalik 1935-yildan 1937-yilgacha Qo‘qon temir yo‘l stansiyasi deposida parovoz o‘quv komitetida rais, 1937-yildan O‘zbek oziq-ovqat savdosi Qo‘qon bo‘limi boshqaruvchisi bo‘lib faoliyat yuritgan[3].

Adabiyotlar

tahrir
  • Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 

Manbalar

tahrir
  1. O‘zR PDA. 58-fond, 65-ro‘yxat, 130-ish — 98–102-bet. 
  2. RF FXXMA. 7-fond, 1-ro‘yxat, 10-ish — 545--bet. 
  3. Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8.