Munavvara Bozorboyeva — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi. 1956-yilning 3-martida Amudaryo tumanida tavallud topgan. 1995-yilda Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi unvoniga sazovor boʻlgan. 1979-yilda Toshkent chet tillar pedagogika institutini tugatgan. Oʻqishni yakunlagandan soʻng Gurlan tumanidagi 1-maktabda ingliz tili oʻqituvchisi, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi boʻlib ishlagan. 1981-yildan boshlab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlay boshlagan. Munavvara Bozorboyeva darslarni koʻrgazmali qurollar asosida samarali tashkil etishga katta ahamiyat beradi. Boshlangʻich taʼlimda savodxonlikni oshirish boʻyicha ish tajribasi kitobcha tarzda va „Boshlangʻich taʼlim“ jurnalida chop etilgan.

Adabiyotlar

tahrir