Br'er Rabbit
Br'er Rabbit (/ˈbrɛər/; inglizcha „Brother Rabbit“ jumlasining qisqartirilgan versiyasi boʻlib, ayrim manbalarda Brer Rabbit oʻlaroq yozilgan) — badiiy qahramon. AQSH janubiyda yashovchi afroamerikaliklar, shuningdek, Antil orollarida yashovchilar ogʻzaki ijodidagi muhim personajlarning biri.
Br'er Rabbit | |
---|---|
Br'er Rabbit va Tar-Baby. E. W. Kemble chizgan rasm (1904) | |
Ilk bora koʻringan | XIX asr |
Muallif(lar) | Xalq ijodi; shuningdek, Robert Roosevelt, Joel Chandler Harris, Alcée Fortier |
Ovoz bergan(lar) |
|
Umumiy maʼlumotlar | |
Taxalluslari | Riley, Compair Lapin |
Turi | Quyon |
Jinsi | Erkak |
Tabaqasi | Trikster |
Br'er Rabbit kuch emas, aql bilan ish koʻradigan trikster oʻlaroq tasvirlanadi[1]. U oʻz nazdida asossiz boʻlgan odob-axloq meʼyorlariga qarshi chiqadi. Br'er Rabbit haqidagi matal va ertaklar bir necha toʻplamga kiritilgan boʻlib, XIX asrda Joel Chandler Harris tuzgan toʻplam keng tanilgan. Ushbu qahramon asosida bir necha film, jumladan, „Walt Disney Productions“ shirkati tomonidan „Song of the South“ (1946) filmi suratga olingan.
Br'er Rabbit va u haqidagi matal va ertaklar Sovet Ittifoqida ham ommalashgan. Bunga ingliz tilini oʻrganayotgan oʻrta maktab oʻquvchilari uchun Lev Xvostenko tuzgan „Brother Rabbit, His Friends and Enemies“ (ruscha: Братец Кролик, его друзья и враги) nomli toʻplam turtki boʻlgan. Ushbu toʻplam ilk bor 1953-yil Moskva hamda Leningrad shaharlarida „Uchpedgiz“ nashriyotida chop etilgan, bir necha marta qayta nashr qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ Энергия травмы: Сборник научных статей (ruscha). Гродно: ГрГУ им. Янки Купалы, 2023 — 444-451-bet. ISBN 978-985-582-567-9.