Brandon Buck (talaffuzi: Brandon Bak) (1988-yil 16-avgustda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Brandon Buck hozirda nafaqada. Brandon Buck yaqinda Deutsche Eishockey Liga (DEL) vakili „Thomas Sabo Ice Tigers“ xokkey jamoasida oʻynagan edi.

Brandon Buck
Tugʻilgan joyi 16-avgust 1988-yil (1988-08-16) (35 yosh)
Delaware, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 191 lb (87 kg; 13 st 9 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Oʻynagan jamoalari Norfolk Admirals
Houston Aeros
Sparta Warriors
KHL Medveščak Zagreb
EHC Basel
ERC Ingolstadt
HC Davos
Vienna Capitals
Thomas Sabo Ice Tigers
Jamoalardagi faoliyat 2009—2020

Oʻyin faoliyati tahrir

Brandon Buck Ontario xokkey ligasining vakili „Guelph Storm“ xokkey jamoasi tarkibida xokkey oʻynab boshlagan.

2011-yil 14-iyun kuni Brandon Buck Shimoliy Amerikani tark etdi va Norvegiyanig GET-ligaenni jamoasi „Sparta Warriors“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolab, Yevropada karyerasini davom ettirdi[1]. Brandon Buck bundan oldin „Norfolk Admirals“ va „Houston Aeros“ xokkey klublari safida Amerika xokkey ligasida oʻynagan edi.

2012-yil 6-iyul kuni Brandon Buck erkin agent sifatida Xorvatiyaning „KHL Medveščak Zagreb“ xokkey jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Oʻsha mavsumda Brandon Buck Avstriya xokkey ligasida soʻnggi mavsumida ishtirok etdi[2]. 2013-yil 19-aprelda Avstriyadagi mavsum yakunida Brandon Buck va uning jamoadoshi „KHL Medveščak Zagreb“ klubi aʼzosi Kyle Greentree bilan birga „EHC Basel“ xokkey klubiga (Shveysariya milliy B ligasi) o‘tdi[3].

2014-yil 18-iyulda Brandon Buck „ERC Ingolshtadt“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. 2014—2015-yilgi mavsumda Brandon Buck klub safida 51 ta oʻyinda maydonga tushib, 59 ochko toʻpladi. Brandon Buckning hujumkor oʻyinlari soni va klub uchun ahamiyati ortib borgani uchun u klub safida 2020-yilgacha qoladigan boʻldi[4]. Lekin Brandon Buck 2017-yil dekabr oyida Shveysariya Milliy ligasining „HC Davos“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[5]. 2018-yil fevral oyida Brandon Buck „HC Davos“ xokkey klubi bilan xayrlashdi va Avstriya xokkey ligasining (EBEL) „Vienna Capitals“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi[6].

2018-yil 22-aprelda Brandon Buck DEL vakili „Thomas Sabo Ice Tigers“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida uch yillik shartnoma imzoladi[7].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2006—2007 Guelph Storm OHL 67 3 9 12 52 3 0 0 0 2
2007—2008 Guelph Storm OHL 59 29 31 60 40 10 5 3 8 11
2008—2009 Guelph Storm OHL 66 24 40 64 30 4 3 2 5 0
2008—2009 Norfolk Admirals AHL 6 1 1 2 4
2009—2010 Florida Everblades ECHL 47 18 21 39 22 9 2 2 4 4
2009—2010 Houston Aeros AHL 21 0 3 3 4
2010—2011 Houston Aeros AHL 56 3 13 16 8
2011—2012 Sparta Warriors GET 45 16 26 42 26 7 3 3 6 2
2012—2013 KHL Medvescak Zagreb EBEL 54 24 29 53 36 4 1 4 5 0
2013—2014 EHC Basel NLB 38 15 33 48 32 4 4 1 5 4
2014—2015 ERC Ingolstadt DEL 51 28 31 59 6 18 10 10 20 8
2015—2016 ERC Ingolstadt DEL 41 20 28 48 26
2016—2017 ERC Ingolstadt DEL 45 13 31 44 30 2 1 1 2 6
2017—2018 ERC Ingolstadt DEL 26 7 6 13 10
2017—2018 HC Davos NL 11 2 1 3 4
2017—2018 Vienna Capitals EBEL 6 2 1 3 6 11 2 4 6 14
2018—2019 Thomas Sabo Ice Tigers DEL 44 16 13 29 14 8 0 3 3 4
2019—2020 Thomas Sabo Ice Tigers DEL 51 19 18 37 34
AHL jami 83 4 17 21 16

Manbalar tahrir

  1. „Brandon Buck is ready to play for Sparta next season“ (Norwegian). sa.no (2011-yil 14-iyun). Qaraldi: 2011-yil 14-iyun.
  2. „Zagreb announce additions“ (Croatian). KHL Medveščak Zagreb (2012-yil 6-iyul). 2019-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-iyul.
  3. „EHC Basel sign two Canadians“ (German). hockeyfans.ch (2013-yil 19-aprel). Qaraldi: 2013-yil 19-aprel.
  4. „ERC Ingolstadt binds with scorer Buck“ (German). ERC Ingolstadt (2015-yil 8-avgust). Qaraldi: 2015-yil 8-avgust.
  5. „Hockey Club Davos verpflichtet Brandon Buck“. Hockey Club Davos (2017-yil 19-dekabr). 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-dekabr.
  6. „Vienna Capitals verpflichten Brandon Buck - Vienna Capitals“ (de). www.vienna-capitals.at. Qaraldi: 2018-yil 15-fevral.
  7. „Ice Tigers sign Brandon Buck“. Thomas Sabo Ice Tigers (2018-yil 22-aprel). Qaraldi: 2018-yil 22-aprel.