Braziliya — Peru munosabatlari

Braziliya — Peru munosabatlari. Braziliya va Peru o'rtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar sanaladi. Mamlakatlar oʻrtasidagi davlat chegarasining umumiy uzunligi 2659 kmni tashkil etadi[1].

Tarixi

tahrir

Braziliya — Peru davlatlari o'rtasidagi ilk munosabatlar 1869-yilda mamlakatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. 1981-yilda João Figueiredo Peruga rasmiy tashrif bilan kelgan birinchi Braziliya prezidenti bo'ldi. 2009-yilning dekabr oyida Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva va uning perulik hamkasbi Alan Garsiya Limada uchrashib, mamlakat iqtisodiyotiga braziliyalik sarmoya kiritish va millatlararo ishbilarmonlar kengashini yaratish imkoniyatlarini muhokama qilishdi. Braziliya va Peru davlat prezidentlari, texnik va ijtimoiy hamkorlik, transchegaraviy savdoni rivojlantirish va savdo aloqalarini rivojlantirish uchun byurokratik tartib-qoidalarni qisqartirish bo‘yicha qator ikki tomonlama shartnomalarni imzoladilar.Braziliya va Peru mamlakatlarining yetakchilari Braziliya va Peru so‘nggi yillarda, iqtisodiy va biznes sohasida yaqinlashganini o'z nutqalarida aytib o'tishdi[2][3].

Iqtisodiyot

tahrir

2008-yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. 2009-yil dekabr oyida Braziliya Inambaru chegara daryosi yaqinida GES qurish uchun Peruga 4 milliard AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishgan. Braziliyaga Peru orqali Tinch okeaniga chiqish imkonini beradigan magistral qurilishini yakunlashga qaror qildi. 2011-yilda avtomobil yoʻli qurilishi tugallandi[4]. 2013-yil may oyida Braziliya hukumati Peru iqtisodiyotiga yana 6 milliard AQSh dollari sarmoya kiritishga qaror qildi[5].

Manbalar

tahrir
  1. „The World Factbook“. 2016-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-fevral.
  2. „Lula incentiva investimentos brasileiros no Peru - 11/12/2009 - Reuters“. 2017-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-fevral.
  3. „Republic of Peru“. 2017-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-fevral.
  4. „Lula vai ao Peru em busca de maior integração energética - 10/12/2009 - Reuters - Internacional“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-fevral.
  5. „Brazil and Peru Meet To Strengthen Trade Relations :: Latin America Current Events & News“. 2017-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-fevral.