Braziliya Markaziy banki
Braziliya Markaziy banki (portugalcha: Banco Central do Brasil) Braziliyaning markaziy banki hisoblanadi. U 1964-yil 31-dekabr payshanba kuni, Yangi yil arafasida tashkil etilgan.
Bosh ofisi | |
Bosh qarorgohi |
SBS (Janubiy bank sektori), Quadra koʻchasi 03-uy, B blok Brazilia shahri, Federal tuman |
---|---|
Koordinatalari | 15°48′11″S 47°53′08″W / 15.80306°S 47.88556°W |
Tashkil etilgan yili | 31-dekabr, 1964-yil |
Mulkchilik shakli | 100% mustaqil[1] |
Prezident | Roberto Kampos Neto |
Markaziy banki | Braziliya |
Valyutasi | Braziliya reali |
Oltin-valyuta zaxiralari | $345.72 mlrd (2023-yil aprel)[2] |
Foiz stavkasi targeti | 13.75% |
Veb sayti | bcb.gov.br |
Bank hech qanday vazirlikka aloqador emas, hozirda mustaqil hisoblanadi. Boshqa markaziy banklar singari, Braziliya Markaziy banki ham mamlakatning asosiy pul-kredit organi hisoblanadi. U bu vakolatni uch xil muassasa yordamida amalga oshiradi: Valyuta va kredit byurosi (SUMOC), Braziliya banki (BB) va Milliy Gʻaznachilik.
Braziliya pul-kredit siyosatining asosiy vositalaridan biri Markaziy bankning SELIC kursi deb ataladigan overnayt kursidir[3]. U bankning Pul-kredit siyosati qoʻmitasi (COPOM) tomonidan boshqariladi[4].
Bank moliyaviy inklyuzivlik siyosatini ilgari surishda faol ishtirok etadi va Moliyaviy inklyuzivlik alyansining yetakchi aʼzosi hisoblanadi. 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan Global siyosat forumida, Braziliya Markaziy banki, shuningdek, Mayya Deklaratsiyasiga muvofiq moliyaviy inklyuzivlk boʻyicha maxsus milliy majburiyatlarni qabul qiluvchi dastlabki 17 tartibga soluvchi muassasalardan biridir[5].
2021-yil 25-fevraldan boshlab bank Federal hukumatdan mustaqildir[6].
Markaziy bankning mustaqilligi
tahrir2020-yil 3-noyabrda “Markaziy bank mustaqilligi toʻgʻrisida”gi qonuni mamlakat Senati tomonidan 56 tarafdor, 12 ta qarshi ovoz bilan qabul qilindi[7][8].
Va 2021-yil 10-fevralda Deputatlar palatasida 2021-yil 24-fevraldagi 179-sonli Federal qoʻshimcha qonunni ishlab chiqaruvchi Prezident Jair Bolsonaroning sanksiyasiga oʻzgartirishlar kiritilmagan holda 339 tarafdor va 114 ta qarshi ovoz bilan qonun ma’qullandi[9][10].
2021-yil 24-fevraldagi 179-sonli Federal qoʻshimcha qonun bilan u yangi tashkiliy tuzilishga ega boʻlishdan tashqari, mustaqil boʻldi[11][12].
Prezidentlari
tahrirBankning eng oxirgi prezidentlari[13]:
№ | Ism-familyasi | Lavozimga kirishish sanasi | Lavozimdan ketish sanasi |
---|---|---|---|
1 | Deniu Shagas Nogeyra | 1965-yil 12-aprel | 1967-yil 21-mart |
2 | Ruy Leme | 1967-yil 31-mart | 1968-yil 12-fevral |
3 | Ari Burger (v.b.) | 1968-yil 8-fevral | 1968-yil 20-fevral |
4 | Ernane Galveas | 1968-yil 21-fevral | 1974-yil 15-mart |
5 | Paulu Lira | 1974-yil 15-mart | 1979-yil 14-mart |
6 | Karlos Brandan | 1979-yil 15-mart | 1979-yil 17-avgust |
7 | Ernane Galveas | 1979-yil 17-avgust | 1980-yil 18-yanvar |
8 | Karlos Jeraldu Langoni | 1980-yil 18-yanvar | 1983-yil 5-sentabr |
9 | Afpnsu Selsu Pastore | 1983-yil 5-sentabr | 1985-yil 14-mart |
10 | Antoniu Karlos Braga Lemgruber | 1985-yil 15-mart | 1985-yil 28-avgust |
11 | Fernan Karlos Botelo Brasher | 1985-yil 28-avgust | 1987-yil 11-fevral |
12 | Fransisko Gros | 1987-yil 11-fevral | 1987-yil 30-aprel |
13 | Lisiu di Fariya (v.b.) | 1987-yil 30-aprel | 1987-yil 4-may |
14 | Fernandu di Oliviera | 1987-yil 5-may | 1988-yil 9-mart |
15 | Elmu Kamoyns | 1988-yil 9-mart | 1989-yil 22-iyun |
16 | Vadiku Bukki | 1989-yil 23-iyun | 1990-yil 14-mart |
17 | Ibrohim Eris | 1990-yil 15-mart | 1991-yil 17-may |
18 | Fransisko Gros | 1991-yil 17-may | 1992-yil 16-noyabr |
19 | Gustavu Loyola | 1992-yil 13-noyabr | 1993-yil 29-mart |
20 | Paulu Sezar Shimenes | 1993-yil 26-mart | 1993-yil 9-sentabr |
21 | Pedru Malan | 1993-yil 9-sentabr | 1994-yil 31-dekabr |
22 | Gustavu Franku (v.b.) | 1994-yil 31-dekabr | 1995-yil 11-yanvar |
23 | Persiu Arida | 1995-yil 11-yanvar | 1995-yil 13-iyun |
24 | Gustavu Loyola | 1995-yil 13-iyun | 1997-yil 20-avgust |
25 | Gustavu Franku | 1997-yil 20-avgust | 1999-yil 4-mart |
26 | Arminiu Fraga | 1999-yil 4-mart | 2003-yil 1-yanvar |
27 | Enrike Meyrelles | 2003-yil 1-yanvar | 2011-yil 1-yanvar |
28 | Aleshandre Tombini | 2011-yil 1-yanvar | 2016-yil 9-iyun |
29 | Ilan Goldfayn | 2016-yil 9-iyun | 2019-yil 28-fevral |
30 | Roberto Kampos Neto | 2019-yil 28-fevral | — |
Yana qarang
tahrirQoʻshimcha oʻqish uchun
tahrir- Teylor, Metyu M. (2009). " Siyosat ishlab chiqish orqali institutsional rivojlanish: Braziliya Markaziy bankining misolini oʻrganish". Jahon siyosati . 61 (3): 487–515.
Manbalar
tahrir- ↑ Pooler, Michael; Harris, Bryan „Brazil passes law giving autonomy to central bank“. Financial Times (11-fevral 2021-yil). Qaraldi: 21-sentabr 2022-yil.
- ↑ „Detalhamento do Gráfico - Reservas Internacionais“ (portugalcha). Banco Central do Brasil. Qaraldi: 14-dekabr 2022-yil.
- ↑ Global, IndraStra. „The Central Bank of Brazil Maintains Selic Rate at 6.5%“. IndraStra. ISSN 2381-3652.
- ↑ „Banco Central do Brasil“. www.bcb.gov.br. Qaraldi: 23-iyun 2018-yil.
- ↑ „Maya Declaration Urges Financial Inclusion for World's Unbanked Populations -- RIVIERA MAYA, Mexico, Sept. 30, 2011 /PRNewswire-USNewswire/ --“. 2011-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Autonomia do Banco Central é sancionada“ (pt-br). Banco Central do Brasil (25-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-iyun 2022-yil.
- ↑ „Autonomia do BC: Senado aprova PLP 19/2019 e matéria segue para a Câmara | SINAL - Sindicato Nacional dos Funcionários do Banco Central“.
- ↑ „Senado aprova projeto de lei que dá autonomia ao Banco Central - Migalhas“ (4-noyabr 2020-yil).
- ↑ „Câmara aprova projeto de autonomia do Banco Central por 339 votos a 114“.
- ↑ „Câmara aprova texto-base da autonomia do Banco Central“ (10-fevral 2021-yil).
- ↑ „Bolsonaro sanciona lei que estabelece a autonomia do Banco Central; veja detalhes“.
- ↑ „Bolsonaro sanciona projeto que dá autonomia ao Banco Central“ (24-fevral 2021-yil).
- ↑ Galeria de ex-presidentes do Banco Central do Brasil, BCB, Accessed 18 November 2018