Brendon Hartley (1989-yil 10-noyabrda tugʻilgan) — Yangi Zelandiyalik professional poygachisi boʻlib, hozirda Toyota Gazoo Racing jamoasi bilan FIA World Endurance Chempionatida ishtirok etmoqda. U 2015-yilda jamoadoshlari Mark Uebber va Timo Bernxard bilan FIA World Endurance Chempionatida gʻalaba qozondi.

Brendon Hartley

Hartley (2015)
Millati Yangi Zelandiya Yangi zelandiyalik
Tugʻilgan joyi 10-noyabr 1989-yil (1989-11-10) (35 yosh)
Palmerston-Nort, Yangi Zelandiya
Musobaqalarda faoliyati
Debyut mavsumi 2014
Hozirgi jamoa Toyota Gazoo Racing
Avtomobil raqami 8
Sobiq jamoasi Murphy Prototypes
Porsche
SMP Racing
Startlar 59
Chempionatlar 3 (2015, 2017, 2022)
Gʻalabalar 19
Pole pozitsiyasi 14

Shuningdek, 2017-yilda FIA World Endurance Chempionatida Bernxard Earl Bamber bilan birga yana gʻalaba qozondi. U 2017-yili 24 soatlik Leman poygalarida ham Earl Bamber va Timo Bernxard bilan gʻolib boʻldi, 2020-yili huddi shu musobaqada Sebastien Buemi va Kazuki Nakajima bilan shuningdek 2022-yili Sebastien Buemi va Ryo Xirakava bilan ham gʻoliblikka erishgan. U Skuderiya Toro Rosso jamoasida Formula1 boʻyicha Grand-Pri turnirlarida ham ishtirok etgan. Ushbu tasnifdagi poygalardagi debyutini 2017-yili Amerika Qoʻshma Shtatlari Gran-Prisida oʻtkazgan[1].

Faoliyati

tahrir
 
Hartley Eurocup Formula Renault 2.0 poygasida (2007)

Xartey Shimoliy Palmerston shahrida avtsportga mehr qoʻygan oilada dunyoga keladi[2]. Uning otasi Brayan avtosportning koʻplab shakllarida, shu jumladan, Atlantika formulasida ishtirok etgan. Olti yoshida Hartley akasi Nelsonning izidan karting poygalarida oʻzining poygachi sifatidagi karyerasini boshladi. Olti yil oʻtgach, Formula1 boʻyicha oʻzining birinchi keng koʻlamli poyga chempionatida qatnashdi. Hartley mavsumni yettinchi oʻrinda yakunladi. 2003-yilda u Yangi Zelandiya Formula Ford festivalida gʻolib chiqdi. Natijada u keyingi mavsumda Formula Ford chempionatda ishtirok etishga muvaffaq boʻldi. U bir yil avval akasi foydalangan mashinada toʻrtta poygada ishtirok etdi va ikkitasida gʻalaba qozondi.

U 2010-yilda Tech1 jamoasi safida Formula Renault 3.5 turnirida ishtirok etish uchun shartnoma imzolaydi. Ushbu jamoda Daniel Rikkardo uning eng asosiy jamoadoshlaridan biri edi. Serianing yozgi taʼtilida Hartley Red Bull oʻsmirlar jamoasidan ketganini eʼlon qilindi va uning oʻrnini Britaniya Formula 3 chempionati gʻolibi Jean-Éric Vergne egalladi[3].

Natijalar

tahrir

Le Man poygalari

tahrir
Yil Jamoa Yordamchi haydovchi Avtomobil Klass Aylanish Nat. Klass
Pos.
2012   Murphy Prototypes   Jody Firth
  Warren Hughes
Oreca 03-Nissan LMP2 196 DNF DNF
2013   Murphy Prototypes   Karun Chandhok
  Mark Patterson
Oreca 03-Nissan LMP2 319 12 6
2014   Porsche Team   Timo Bernhard
  Mark Webber
Porsche 919 Hybrid LMP1-H 346 NC NC
2015   Porsche Team   Timo Bernhard
  Mark Webber
Porsche 919 Hybrid LMP1 394 2 2
2016   Porsche Team   Timo Bernhard
  Mark Webber
Porsche 919 Hybrid LMP1 346 13 5
2017   Porsche Team   Timo Bernhard
  Earl Bamber
Porsche 919 Hybrid LMP1 367 1 1
2020   Toyota Gazoo Racing   Sébastien Buemi
  Kazuki Nakajima
Toyota TS050 Hybrid LMP1 387 1 1
2021   Toyota Gazoo Racing   Sébastien Buemi
  Kazuki Nakajima
Toyota GR010 Hybrid Hypercar 369 2 2
2022   Toyota Gazoo Racing   Sébastien Buemi
  Ryo Hirakawa
Toyota GR010 Hybrid Hypercar 380 1 1
Yil Jamoa Klass Avtomobil Dvigatel 1 2 3 4 5 Daraja Ball
2012 Murphy Prototypes LMP2 MG-Oreca 03 Judd-BMW HK 3.6L V8 LEC DON
3
PET
I/E
10 15
2013 Murphy Prototypes LMP2 Oreca 03 Nissan VK45DE 4.5 L V8 SIL
7
IMO
6
RBR
7
HUN
2
LEC
1
5 64

Manbalar

tahrir
  1. „Hartley and Gasly likely line-up for 2018 – Toro Rosso“. Formula1.com. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
  2. Bull, Red „BRENDON HARTLEY“. Red Bull. Red Bull. Qaraldi: 2019-yil 5-aprel.
  3. Noble, Jonathan. „Hartley goes Euro Series with Carlin“. autosport.com. Haymarket Publications (2008-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2009-yil 7-yanvar.

Havolalar

tahrir