Brian Norman Skrudland (talaffuzi: Brayan Norman Skrudland, 1963-yil 31-iyulda tugʻilgan) — Kanadalik sobiq professional xokkeychi. U faoliyati davomida Monreal Canadiens, Calgary Flames, Florida Panthers, New York Rangers va Dallas Stars jamoalarida oʻynagan.

Skrudland 2011-yilda
Tugʻilgan joyi 31-iyul 1963-yil (1963-07-31) (61 yosh)
Peace River, Alberta, Kanada
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 200 lb (91 kg; 14 st 4 lb)
Pozitsiyasi Markaziy oʻyinchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
Oʻynagan jamoalari Montreal Canadiens
Calgary Flames
Florida Panthers
New York Rangers
Dallas Stars
NHLga kirish drafti Tanlanmagan
Jamoalardagi faoliyat 1985—2000

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

Skrudland 1980-yildan 1983-yilgacha Gʻarbiy Xokkey Ligasining Saskatoon Blades jamoasida oʻynagan[1].

Professional jamoalardagi faoliyati

tahrir

Skrudland 1985-yilgi AHL pley-off bosqichida eng qimmat oʻyinchi sifatida Jack A. Butterfield sovrinini qoʻlga kiritgan. U 17 oʻyinda 17 ochko toʻplagan[2].

Skrudland NHLdagi debyutini 1985-yilda Monreal Canadiens jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U 1986-yilda Stanley kubogini qoʻlga kiritgan. Skrudland 1991-yilgi NHL All-Star oʻyiniga qatnashish uchun tanlangan, ammo jarohati tufayli musobaqada ishtirok eta olmagan. 1992—1993-yilgi mavsumda u Calgary Flames jamoasiga transfer qilingan. Skrudland Calgary Flames bilan shartnomasini tugatib, 1997-yilning yozida New York Rangers jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

1991-yilgi Kanada kubogi turnirida u Kanada jamoasi asosiy tarkib roʻyhatidan chiqarib yuborilgan.

U 1994-yilgi Selke Trophy kubogi finalchilaridan biri boʻlgan. Frank J Selke kubogi har yili NHLdagi eng yaxshi himoyachi-hujumchiga berilgan.

Skrudland 1986-yilgi mavsumning final oʻyinida qoʻshimcha 0:09 vaqtda gʻalaba golini urgan holda, pley-offning qoʻshimcha vaqtida eng tez gol urish boʻyicha NHL rekordini oʻrnatgan[3].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Skrudland rafiqasi Lana va uch farzandi bilan Alberta shtatining Calgary shahrida yashaydi.  2010-yil 6-iyuldan 2015-yil 9-iyulgacha u Florida Panthers jamoasida oʻyinchilarni rivojlantirish boʻyicha direktor boʻlgan[4]. Shuningdek, Skrudland 2013—2014-yilgi mavsumda Panthers jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan[5].

Faoliyat statistikasi

tahrir
Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Playoffs
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
1980—1981 Saskatoon Blades WHL 66 15 27 42 97
1981—1982 Saskatoon Blades WHL 71 27 29 56 135 5 0 1 1 2
1982—1983 Saskatoon Blades WHL 71 35 59 94 42 6 1 3 4 19
1983—1984 Nova Scotia Voyageurs AHL 56 13 12 25 55 12 2 8 10 14
1984—1985 Sherbrooke Canadiens AHL 70 22 28 50 109 17 9 8 17 23
1985—1986 Montreal Canadiens NHL 65 9 13 22 57 20 2 4 6 76
1986—1987 Montreal Canadiens NHL 79 11 17 28 107 14 1 5 6 29
1987—1988 Montreal Canadiens NHL 79 12 24 36 112 11 1 5 6 24
1988—1989 Montreal Canadiens NHL 71 12 29 41 84 21 3 7 10 40
1989—1990 Montreal Canadiens NHL 59 11 31 42 56 11 3 5 8 30
1990—1991 Montreal Canadiens NHL 57 15 19 34 85 13 3 10 13 42
1991—1992 Montreal Canadiens NHL 42 3 3 6 36 11 1 1 2 20
1992—1993 Montreal Canadiens NHL 23 5 3 8 55
1992—1993 Calgary Flames NHL 16 2 4 6 10 6 0 3 3 12
1993—1994 Florida Panthers NHL 79 15 25 40 136
1994—1995 Florida Panthers NHL 47 5 9 14 88
1995—1996 Florida Panthers NHL 79 7 20 27 129 21 1 3 4 18
1996—1997 Florida Panthers NHL 51 5 13 18 48
1997—1998 New York Rangers NHL 59 5 6 11 39
1997—1998 Dallas Stars NHL 13 2 0 2 10 17 0 1 1 16
1998—1999 Dallas Stars NHL 40 4 1 5 33 19 0 2 2 16
1999—1900 Dallas Stars NHL 22 1 2 3 22
NHLdagi umumiy ochkolari 881 124 219 343 1107 164 15 46 61 323

Mukofot va unvonlari

tahrir
Mukofot Yil
AHL
Jack A. Butterfield kubogi 1985
Calder kubogi (Sherbrooke Canadiens) 1985
NHL
Stanley kubogi chempioni (Monreal Canadiens) 1986
Yulduzlar oʻyini mukofoti 1991
Stanley kubogi chempioni (Dallas Stars) 1999

Manbalar

tahrir
  1. „Blades Team Of The 1980's Announced“. mastercardmemorialcup.ca (5-mart 2013-yil). — „the Blades retired his No. 10 jersey in 2003“. 5-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2022-yil.
  2. „Regina Pats make Homecoming Weekend announcements“. whl.ca (28-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 18-may 2018-yil.
  3. Kreiser. „May 18: Skrudland scores fastest playoff overtime goal“. NHL.com (18-may 2018-yil). Qaraldi: 18-may 2018-yil.
  4. „Florida Panthers Announce Hockey Operations Staff Changes“. NHL.com (9-iyul 2015-yil). Qaraldi: 18-may 2018-yil.
  5. „Panthers Name Kelly, Morris As Gallant's Assistants“. miami.cbslocal.com (8-iyul 2014-yil). Qaraldi: 18-may 2018-yil.