Brigadeiro
Brigadeiro (port. brigadeiro — 1946-yilda Rio-de-Janeyrodagi qandolatchi Haloisa Nabuko de Oliveyra tomonidan yaratilgan anʼanaviy braziliya shirinligi[1] . Brigadeiro quyultirilgan sut, kakao kukuni, sariyog‘ va tashqi qatlamni qoplaydigan shokolad parchalari bilan tayyorlanadi[2][3].
An'anaviy braziliya brigadeiro shirinligi | |
Milliy oshxona | Braziliya oshxonasi |
---|---|
Asl nomi | Negrinho |
Muallifi | Heloísa Nabuco de Oliveira |
Yaratilgan yili | 1946-yil |
Asosiy komponentlari | Shokolad, quyultirilgan sut, kakao kukuni, sariyog‘ |
Yaratilish tarixi
tahrir"Brigadeiro" nomining kelib chiqishi 1946-yilda Braziliya prezidentligiga Milliy demokratik ittifoq nomzodi brigadir Eduardo Gomesning prezidentlik kampaniyasidan kelib chiqqan. Brigadeiro nomzodini qo‘llab-quvvatlagan Haloisa Nabuko de Oliveyra yangi shirinlikni yaratadi va uni nomzod nomi bilan ataydi. Doce de brigadeiro (Brigadirning shirinligi) tezda butun mamlakat boʻylab mashhur boʻldi. Keyinchalik uning nomi shunchaki „brigadeiro“ ga qisqartirildi. Shunga qaramay, nomzod Eduardo Gomes saylovda mag‘lub bo‘ldi va general Euriku Gaspar Dutra Braziliya prezidenti bo‘ldi[4].
Zamonaviylik
tahrirBugungi kunda brigadeiro butun Braziliyada keng tarqalgan mashhur shirinlikdi. Brigadeira odatda uyda tayyorlanadi, lekin uni koʻplab novvoyxonalar va kafelarda ham topish mumkin.
Gallery
tahrir-
Oddiy shokoladli brigadeiro
-
Yaqindan suratga olingan brigadeiro
-
Oq shokoladli brigadeiro
-
Turli xil ta'mga ega brigadeirolar
-
Bananli brigadeiro
-
Brigadeiro turlari
Manbalar
tahrir- ↑ Viaro, Mário Eduardo „O doce enigma do brigadeiro“ [The sweet enigma of the brigadeiro] (pt-br). Editora Segmento (2012-yil aprel). 2012-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
- ↑ Motter, Juliana. Livro do Brigadeiro. Panda Books, 2010.
- ↑ Cardoso, Barbara „A 'brief' Brigadeiro History“. Sweet Stone (2016-yil 21-iyul). Qaraldi: 2021-yil 29-may.
- ↑ „Muito bem organizadas as manifestações no Dia da Paz“ (pt-br). Diário de Cuiabá (2000-yil 11-iyul). 2019-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-avgust.