Bring You Home (inglizcha: Seni uyga olib kelaman) — bu iOS va Android mobil qurilmalari uchun nashr etilgan sarguzashtli boshqotirma janridagi o‘yin boʻlib. Oʻyinchi Polo ismli personajni uy hayvonini oʻgʻirlaganlarni quvib yetishga harakat qilayotganini tomosha qiladi, darajani yakunlash uchun oʻyinchi atrof-muhitni oʻzgartirishi kerak boʻladi. Oʻyin Alike Studio indie studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, u ilgari Tiny Thief va Love You to Bits kabi oʻyinlarni yaratgan.

Bring You Home
Ishlab chiqaruvchi Alike Studio
Nashir etuvchi Alike Studio
Chiqarilgan sana iOS
Yer2018-yil 31-yanvar
Android
Yer 2018-yil 15-iyun
Platformalar Android
IOS
Boshqaruv Sensorli ekran

Syujet va oʻyin jarayoni tahrir

 
Oʻyin jarayonidan demonstratsiya

Oʻyin sarguzashtli boshqotirma boʻlib, unda oʻyinchi oʻz uy hayvonini oʻgʻirlaganlarni quvib yetmoqchi boʻlgan Polo ismli oʻzga sayyoralikni kuzatadi. Oʻgʻrilar bir joydan ikkinchi joyga oʻtish uchun portallardan foydalanadilar va oʻyinchi oʻgʻrilarni hali yopilmagan portallari yordamida taʼqib qiladi. Har bir joy oʻyin darajasi hisoblanadi. Oʻyinning oʻziga xosligi shundaki, oʻyinchi personajni boshqarmaydi, balki oʻyinchi keyingi portalga yugurishi mumkin boʻlgan tarzda joylashuvni oʻzgartirishi kerak boʻladi .

Oʻyinchi nuqtai nazaridan, joylashuv tekis xarita bilan ifodalanadi, uning tafsilotlari Polo tuzoqlarni, halokatli yirtqich hayvonlarni va boshqa turdagi toʻsiqlarni chetlab oʻtishi uchun oʻzgartirilishi yoki koʻchirilishi mumkin boʻladi. Agar Polo tuzoqqa tushib qolsa yoki oʻlsa, u holda darajani oʻtish boshidan boshlanadi. Oʻyinchi vaqt yoki jon soni bilan cheklanmaydi. Baʼzi darajalar bir necha bosqichli joylashuvni oʻzgartirishni talab qiladi. Baʼzan marshrutni qurish oʻzga sayyoralikga uy hayvoni bilan birga boʻlgan vaqtlarining fotosuratlarini olishga imkon beradi.

Yaratish va chiqarish tahrir

Oʻyin Alike Studio indie studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan, shuningdek uchbu studiya 2013-yilda Tiny Thief va 2016-yilda Love You to Bits oʻyinlarini ham chiqargan boʻlib. Oʻyinning rasmiy anonsi 2017-yil may oyida qisqa treyler[1] chiqishi bilan birga boʻlib oʻtgan. Oʻyin 2018-yil 21-yanvarda App Store[2] raqamli platformasida chiqarilgan boʻlib. 2019-yil iyun oyida oʻyinni Android qurilmalari uchun Google Play’da yuklab olish mumkin boʻlgan[3].

Tanqid tahrir

Oʻyin oʻyin tanqidchilar tomonidan tan olingan boʻlib. Metacritic agregator saytidagi oʻrtacha ball 100 balldan 83 ballni tashkil etdi[4]. Kickmygeek sayti tanqidchisining fikricha, Bring you Home, Alike Studio-ning oldingi oʻyinlari singari, oʻzining jonli badiiy uslubi, rang-barang personajlari va barcha 47 darajada oʻziga xos boshqotirmalari bilan oʻziga jalb qilishini, shuningdek, oʻyinni oʻyin jarayoniga oʻziga xos yondashuvi va oʻyinchi personajni emas, balki atrof-muhitni boshqarishini maqtadi. Ayniqsa personaj oʻlimini turli yoʻllar bilan amalga oshirish xususiyati, sadist oʻyinchilarga yoqoshini taʼkidladi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „'Love You To Bits' Creator Alike Studio Announce Adorable New Game 'Bring You Home'“ (en). TouchArcade (2017-yil 31-may). 2019-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-dekabr.
  2. Mikhail Madnani. „‘Bring You Home’ from Alike Studio Has Stealthily Been Released on the App Store“ (en). TouchArcade (2018-yil 31-yanvar). 2019-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-dekabr.
  3. „Bring You Home is Out Now on Android“ (en). Droid Gamers (2019-yil 24-iyun). 2019-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-dekabr.
  4. 4,0 4,1 „Bring You Home“ (en). Metacritic. 2020-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-dekabr.
  5. KickMyGeek SAS. „Bring You Home“ (fr). KickMyGeek. 2019-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-dekabr.
  6. AppAdvice Staff Author. „Help Polo Rescue His Kidnapped Pet in Bring You Home“ (en). AppAdvice. 2019-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-dekabr.
  7. „La recensione di Bring you Home“ (it). Multiplayer.it. 2019-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-dekabr.
  8. „Bring You Home: Análisis para iOS“ (es). IGN España (2018-yil 10-fevral). 2019-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-dekabr.
  9. Harry Slater. „Bring You Home review - A great panel-shifting puzzler that makes a few mistakes“ (en). www.pocketgamer.com. 2019-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-dekabr.

Havolalar tahrir