Britaniya Birmasi
Britaniya Birmasi (inglizcha: British Burma) — XIX asr oʻrtalaridan 1948-yilgacha Janubi-Sharqiy Osiyodagi Britaniya mustamlakachiligining tuzilmasi. 1937-yilgacha koloniya Britaniya Hindistonining bir qismi edi.
1948-yilda Britaniya Birmasi mustaqillikka erishdi.
Tarixi
tahrirXIX asrdan ingliz mustamlakachiligi Myanmani bosib olishga kirishdilar. 1824-yil 5-martda Angliyaning Sharqiy Himdiston kompaniyasi Myanmaga qarshi urush boshladi. Arakan, Tensarim viloyatlarini bosib oldi. Pekin inglizlar kattik, qarshilikka duch kelib, urushni davom ettirolmadilar. 1852-yil mamlakatda mon, shan va karen xalqlari gʻalayon koʻtardi. Shu vaqtda Sharqiy Hindiston kompaniyasi Myanmaning Pegu viloyatini egalladi. 1885-yil inglizlar mustaqil Ava davlatini yengib, butun Myanmani oʻz mustamlakasiga aylantirdi va uni Britaniya Hindistoni tarkibiga qoʻshib oldi. Mustamlakachilar barcha hosildor yerlarni tortib olib, milliy boyliklarni taladi. Bunga javoban milliy ozodlik harakati avj oldi. 1920-yil talabalarning Yangondagi birinchi gʻalayoni myanmalarning milliy ozodlik qarakati rivojlanishiga turtki boʻldi. 1930—1932-yillarda mustamlakachilar va mahalliy hukmdorlarga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Milliy ozodlik harakati 30-yillarning 2-yarmida butun mamlakatga yoyildi.
Mustamlakachilar xalq gʻalayonlarini toʻxtatish maqsadida Myanmani Britaniya Hindistoni tarkibidan ajratdilar (1937). Lekin bu tadbir milliy ozodlik harakatining rivojlanishiga toʻsqinlik qilolmadi. 1942-yilda Myanmani Yaponiya bosib oldi. Myanma xalqi yapon bosqinchilariga qarshi kurashdi. 1944-yilda Myanma xalqining milliy qaxramoni Aun San Xalq ozodligi antifashist ligasini tuzdi. Aun San va Ne Vin boshchiligidagi Milliy armiya va xalq lashkarlari bosqinchilarga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtardilar. Yaponlar mamlakatdan quvib chiqarildi (1945). Angliyalik mustamlakachilar Myanma hukumati rahbarlariga qarshi suiqasd uyushtirib, Aun San va uning bir necha safdoshini oʻldirdilar (1947). Shunga qaramay, vatanparvarlar ichki va tashqi reaksiyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirdilar. Nihoyat, Angliya Myanma milliy mustaqilligini tan olishga majbur boʻldi va taʼsis majlisi oʻtkazishga rozilik berdi (1947-yil yanvar). 12-fevralda Myanmadagi turli xalqlar vakillari Panlone konferensiyasida mustaqil davlat — Birma Ittifoqini tuzish toʻgʻrisida kelishib oldilar (1989-yilgacha mamlakat shu nom bilan ataldi). 1947-yil 24-sentabrda boʻlib oʻtgan taʼsis majlisi Myanma konstitutsiyasini qabul qildi. 17-oktabrda imzolangan shartnomaga binoan, Myanma Britaniya imperiyasidan chiqsi. 1948-yil 4-yanvarda rasmiy ravishda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi.
Boshqaruvchilari
tahrirQuyi Birma bosh vakillari
tahrirVakillik muddati | Quyi Birma bosh vakillari[1] |
---|---|
1862-yil 31-yanvar — 1867-yil 16-fevral | Artur Perves Fer |
1867-yil 16-fevral — 1871-yil 18-aprel | Albert Fitch |
1871-yil 18-aprel — 14 апреля 1875-yil 14-aprel | Eshli Iden |
1875-yil 14-aprel — 1878-yil 30-mart | Ogastes Tompson |
1878-yil 30-mart — 1880-yil 2-iyul | Charlz Etchinson |
1880-yil 2-iyul — 2 марта 1883-yil 2-mart | Charlz Edvard Bernard |
1883-yil 2-mart — 1886-yil 26-fevral | Charlz Todd |
Birma bosh vakillari
tahrirVakillik muddati | Birma bosh vakillari[1] |
---|---|
1886-yil 26-fevral — 1886-yil 25-sentyabr | Charlz Todd |
1886-yil 25-sentyabr — 12 марта 1887-yil 12-mart | Charlz Edvard Bernard |
1887-yil 12-mart — 10 декабря 1890-yil 10-dekabr | Charlz Todd |
1890-yil 10-dekabr — 3 апреля 1895-yil 3-aprel | Aleksandr Makkenzi |
1895-yil 3-aprel — 1897-yil 1-may | Frederik Villiam Frayer |
Birma General-gubernatorlari
tahrirVakillik muddati | Birma General-gubernatorlari[1] |
---|---|
1897-yil 1-may — 1903-yil 4-aprel | Frederik Villiam Frayer |
1903-yil 4-aprel — 1905-yil 9-may | Hyu Barns |
1905-yil 9-may — 1910-yil 19-may | Gerbert Vayt |
1910-yil 19-may — 1915-yil 28-oktyabr | Harvi Adamson |
1913-yil 15-may — 1913-yil 1-noyabr | Jorj Shou |
1915-yil 28-oktyabr — 1917-yil 22-sentyabr | Spenser Harkot Batler |
1917-yil 22-sentyabr — 1918-yil 15-fevral | Uolter Rays (vazifasini bajaruvchi) |
1918-yil 15-fevral — 1922-yil 21-dekabr | Rejinald Kreddok |
1922-yil 21-dekabr — 1923-yil 2-yanvar | Spenser Batler |
Birma gubernatorlari
tahrirVakillik muddati | Birma gubernatorlari[1] |
---|---|
1923-yil 2-yanvar — 1927-yil 20-dekabr | Spenser Harkot Batler |
1927-yil 20-dekabr — 1932-yil 20-dekabr | Charlz Innes |
1932-yil 20-dekabr — 8 мая 1936-yil 8-may | Hyu Stefenson |
1936-yil 8-may — 1941-yil 6-may | Archibald Kokreyn |
1941-yil 6-may — 1946-yil 31-avgust | Rejinald Dorman-Smit |
Yaponiya ishg‘ol qo‘mondonligi
tahrirVakillik muddati | Yaponiya ishg‘ol qo‘mondonligi[1] |
---|---|
1942-yil 20-aprel — 1943-yil 18-mart | Iida Syodziro |
1943-yil 18-mart — 1944-yil 30-avgust | Kavabe Masakadzu |
1944-yil 30-avgust — 1945-yil 14-avgust | Xeytaro Kimura |
Birma ma’muriyati rahbari
tahrirBa Mo — (1942-yil 1-avgust — 1943-yil 1-avgust)
Davlat boshlig‘i
tahrirBa Mo — (1943-yil 1-avgust — 1945-yil 3-may)
Birma harbiy gubernatorlari
tahrirLuis Mauntbatten — (1944-yil 1-avgust — 1945-yil oktyabr). Gubert Rans — (1945-yil oktyabr — 1946-yil 31-avgust)
Gubernator
tahrirGubert Rans — (1946-yil 31-avgust — 1948-yil 4-yanvar)
Yana qarang
tahrirHavolalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Ben Cahoon. „Myanmar (Burma)“. WorldStatesmen.org. 2012-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
Adabiyotlar
tahrir- Walter Sadgun Desai (1968). History of the British Residency in Burma. London: Gregg International. ISBN 0576031526.
- J. S. Furnivall, "Burma, Past and Present", Far Eastern Survey, Vol. 22, No. 3 (25 February 1953), pp. 21–26, Institute of Pacific Relations.
- Ernest Chew, "The Withdrawal of the Last British Residency from Upper Burma in 1879", Journal of Southeast Asian History, Vol. 10, No. 2 (Sep. 1969), pp. 253–278, Cambridge University Press.
- Michael W. Charney: Burma, in: 1914-1918-online. International Encyclopedia of the First World War.