Brooke Smith (talaffuzi: Brooke Smiz; 1984-yil 30-aprelda tugʻilgan) — WNBAda faoliyat olib borgan professional basketbolchi[1].

Brooke Smith
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 30-aprel 1984-yil (1984-04-30) (39 yosh)
San Anselmo, California
Millati Amerikalik
Boʻyi 6 ft 3 in (1.91 m)
Karyera maʼlumoti
Maktab Marin Catholic (Kentfield, California)
Kollej Duke (2002—2003)
Stanford (2004—2007)
WNBA drafti 2007 / Tur: 2 / Tanlash: 23- overall
Minnesota Lynx tomonidan tanlangan
Pozitsiyasi Himoyachi
Statistikalar WNBA.com saytida
Statistikalar Basketball-Reference.com saytida
Medallari
AQSH bayrogʻi AQSh vakili

Oʻrta maktab davri tahrir

San Anselmo (Kaliforniya) shahrida tugʻilgan Smith faoliyatining boshlarida Kaliforniyaning Kentfield shahridagi Marin katolik oʻrta maktabi jamoasida oʻynagan. U yerda u WBCA All-Amerika nomini olgan[2]. U 2002-yilda WBCA High School All-America jamoasi aʼzosiga aylanib, jamoa tarkibida sakkiz ball toʻplagan.

Kollej jamoasidagi faoliyati tahrir

Smith 2002—2003-yillarda Duke universiteti jamoasida birinchi kurs talabasi sifatida universitet jamoasida oʻynagan. Bir yil oʻqigandan soʻng, u Stanford jamoasida uch yil oʻynagan va 2007-yilda universitetni tamomlagan. Kollejdagi jamoasidagi faoliyatidan soʻng, u Minnesota Lynx jamoasi tomonidan oʻykazilgan 2007-yilgi[3] WNBA draftida 23-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlab olingan. Ammo 26-aprelda jamoani tark etib, erkin agentga aylangan. 29-aprelda Connecticut Sun jamoasi Smith bilan shartnoma imzolagan. Lekin bu shartnoma ham uzoqqa bormay 11-mayda bekor qilingan[4].

Duke va Stanford jamoalardagi faoliyat statistikasi tahrir

Manba[5]

Jadval tavsifi
  GP Oʻynalgan oʻyinlar   GS  Oʻyinlar boshlanishi  MPG  Oʻyin uchun daqiqalar
 FG%  Maydondagi gollar foizi  3P%  Uch ochkoli gollar foizi  FT%  Erkin to'p otish foizi
 RPG  Har bir oʻyindagi rebound (basketbol)  APG  Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol)  SPG  Har bir oʻyin uchun
to'p saqlash (basketbol)
 BPG  Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol)  PPG  Oʻyin uchun ochko  Bold  Karyera
Yil Jamoa GP Ballar FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG PPG
2002—2003 Duke 25 85 53.1 - 65.4 2.5 0.4 0.4 0.4 3.4
2003—2004 Stanford
2004—2005 Stanford 35 465 61,0 - 67.7 5.5 1.9 0,9 1.3 13.3
2005—2006 Stanford 34 584 57.6 - 77.9 7.5 3.1 1.1 1.4 17.2
2006—2007 Stanford 34 471 50.4 21.6 82.6 7.6 3.5 1.3 1.1 13.9
Faoliyati Birlashtirilgan 128 1605 55.9 20.5 75.2 6.0 2.4 0,9 1.1 12.5

AQSH jamoasidagi faoliyati tahrir

Smith 2005-yili Turkiyaning Izmir shahrida boʻlib oʻtgan Jahon universitet oʻyinlarida Qoʻshma Shtatlar nomidan ishtirok etgan jamoa aʼzosi boʻlgan. Smith har bir oʻyinda oʻrtacha 5,0 ball toʻplagan va jamoaga 7:0 hisobida rekord oʻrnatishga yordam bergan. Natijada musobaqada AQSh jamoasi oltin medalni qoʻlga kiritgan. Smith oʻzining 24 ta zarbasidan 19 tasini golga aylantira olgan.

U 2007—2008-yilgi mavsumda Italiya A-1 ligasida Virtus Viterbo jamoasida oʻynagan. Uning 2007—2008-yillardagi statistikasi: Gescom Viterbo (ITA-A1,1T): 32 oʻyin: 14,6 ppg, Reb-2 (10,3) rpg), 2,7spg, FGP: 52,0 %, FT: 72,2 % dir.

Smith 2008-yilgi mavsumdan beri Pheonix Mercury jamoasi bilan oʻynab, 2009-yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Ikki mavsum keyin u Italiyaning „Pool Comense“ jamoasida oʻynagan. Oʻzining ikkinchi mavsumida (2009—2010) u har bir oʻyinda 17,53 ball toʻplagan holda jamoada ochkolar soni boʻyicha yetakchilik qilgan. 2010—2011-yillarda Smith Rebekkah Brunson oʻrniga amaldagi Italiya chempioni Kras Basket Tarantoda oʻynamoqda.

Manbalar tahrir

  1. „Women's Basketball Player stats“. NCAA. Qaraldi: 2015-yil 25-oktyabr.
  2. „WBCA High School All-America Game Box Scores“. Women's Basketball Coaches Association. 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyun 2014-yil.
  3. „Brooke Smith“ (2007-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2007-yil 16-noyabr.
  4. „Italian job: Brooke Smith hooks up with top-level pro team“ (2007-yil 16-noyabr). 2013-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 16-noyabr.
  5. „Twenty-Second World University Games – 2005“. USA Basketball. 2015-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2015-yil.

Havolalar tahrir