Bruna Abdullah (1986-yil 24-oktyabrda tugʻilgan) — asosan Bollywood filmlarida suratga tushuvchi braziliyalik kino aktrisasi. U kattalar uchun „Grand Masti“ komediya filmida Maryam rolini va Punit Malxotraning "I Hate Luv Storys " (2010) filmida Jizel rolini ijro etgan.[1] Shuningdek, u 2012-yilda Tamil filmi „Billa II“[2] va 2014-yilda „Jai Xo“ filmida Anne rolini ijro etgan.

Bruna Abdullah
Tavalludi 24-oktyabr 1986-yil (1986-10-24) (37 yosh)
Fuqaroligi Braziliya
Kasbi Actress
Faoliyat yillari 2007-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Allan Frase (turm. 2019)
Bolalari 1 nafar

Tarjimai holi tahrir

Bruna Abdullah Braziliyaning Guayba shahrida tugʻilgan. Otasining kelib chiqishi livanlik, onasining kelib chiqishi italyan-portugan. U Hindistonga sayyoh sifatida kelgan va Bollywoodda aktrisa boʻlib ishlay boshlagan va oʻz karyerasini yoʻlga qoʻyish uchun oʻz faoliyatini Braziliyadan Hindistonning Bombay (Mumbay) shahriga koʻchirgan.[3][4] U IndusInd Bank, Reebok, Fiama Di Wills va boshqalar uchun bir nechta reklama roliklarida paydo boʻlgan.

Abdullahning birinchi klipdagi roli Shekhar Suman bilan birga „Mere Gham Ke Dayare Mein“ debyut albomida boʻlgan. U Anubhav Sinhaning „Cash“ filmi uchun „Rehem Kare“ qoʻshigʻida rol ijro etgan. Bruna Abdullah 2011-yilda chiqarilgan „Desi Boyz“ filmida raqslar ketma-ketligida paydo boʻlgan.

Bruna Abdullah „Queens Dance“ realiti-shousida, shuningdek, „Khatron Ke Khiladi“ telekoʻrsatuvida ishtirok etgan. U 2009-yil 9-sentyabrda „Fear Factor“ shousidan chetlashtirilgsn, 2009-yil 17-sentyabrda „Wild Card“ kartochkasini qayta olgan va 2009-yil 24-sentyabrda yana chiqarib yuborilgan. Keyin u 2018-yil 5-yanvarda chiqqan „Udanchhoo“ filmida suratga tushgan.[5]

Shaxsiy hayoti tahrir

Bruna Abdullah 2018-yilning 25-iyulida shotlandiyalik yigiti Allan Freyz bilan unashtirilgan[6][7] va ular 2019-yilning may oyida turmush qurishdi.[8] Er-xotinning Izabella ismli qiz farzandi bor.[9]

Filmografiyasi tahrir

Film tahrir

Yil Film Rol Til
2007 Cash "Reham Kare" qoʻshigʻida Hind
2010 I Hate Luv Storys Giselle
2011 Desi Boyz
2012 Billa II Sameera Tamil
2013 Grand Masti Mary Hind
2014 Jai Ho Anne
2015 Four Pillars of Basement Bruna
2016 Mastizaade Bunty
Yea Toh Two Much Ho Gayaa Tina
2018 Udanchhoo Julia[10]

Televideniye tahrir

Yil Qismlar Rol
2008 Dancing Queen Oʻzi
2009 Khatron Ke Khiladi
2013 Nach Baliye 6
2014 Comedy Classes Nancy

Manbalar tahrir

  1. Goel. „Grand Masti Actress Bruna Abdullah Posted Some Sizzling Hot Pictures On Instagram, But Got Trolled Ruthlessly“ (30-mart 2018-yil). 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Ajith Kumar's Billa 2 gets a terrific reponse{sic) at the box office“. India Today.
  3. Gaikwad. „Grand Masti actress Bruna Abdullah flaunts ample assets in latest topless photoshoot“. 29-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentabr 2018-yil.
  4. „Desi Boyz actor Bruna Abdullah gets engaged to Scottish boyfriend Al. See video“ (25-iyul 2018-yil). 9-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentabr 2018-yil.
  5. „Udanchhoo Movie Wiki Cast Crew Story & Release Date“. Crunk News. 27-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-dekabr 2017-yil.
  6. „Watch: Bruna Abdullah gets engaged to her Scottish boyfriend - Times of India“. 7-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-avgust 2018-yil.
  7. „Archived copy“. 3-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2019-yil.
  8. „Archived copy“. 24-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2019-yil.
  9. „Bruna Abdullah blessed with a girl, shares the first glimpse of her newborn“. Times of India (2-sentabr 2019-yil). 25-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentabr 2019-yil.
  10. „Bruna Abdullah“. m.ibtimes.co.in. 2-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentabr 2013-yil.